calendar 11 Apr 13:59
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda IIB xodimi pichoqlandi

image

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida profilaktika katta inspektori pichoqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Voqea kecha, 8 aprel kuni soat 21:30 larda sodir bo‘lgan. IIB xodimi o‘z xizmat vazifasini olib borayotgan vaqtida, tumanning Qorasaroy mahallasida yashovchi fuqaro telefon qilib, akasi bilan bo‘layotgan oilaviy janjal haqida xabar bergan. 

Xabarga asosan profilaktika katta inspektori aytilgan manzilga yetib borgan vaqtida telefon qilgan fuqaroning akasi xonadon darvozasining oldida qo‘lida oshxona pichog‘i bilan turganligini ko‘radi. Fuqaro qo‘lidagi o‘tkir tig‘li jismni tashlash haqidagi IIB xodimining qonuniy talablarini bajarmasdan, unga faol qarshilik ko‘rsatib, qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan profilaktika katta inspektorining chap bel qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.  

Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan ma’lumotnomaga ko‘ra, IIB xodimida bel sohasida sanchilgan kesilgan jarohat aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaroga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Toshkent tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi maktablardan birida ro‘y bergan janjalni bartaraf etmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimiga tan jarohati yetkazilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
26
0
xs.uz

Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib borgan shaxs javobgarlikka tortildi

Unga koʻra, tekshiruv davomida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi fuqaro I.I. oʻziga tegishli texnika vositalari yordamida daryo tubidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, transport vositalariga ortganligi aniqlandi.Huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 30 baravari, yaʼni 11 million 250 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, huquqbuzarning texnika vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.Shuningdek, tabiatga yet

04 Apr 16:19
 
48
0
xs.uz

Bizning uchrashuvimiz jadal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tmoqda – Shavkat Mirziyoyev

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli xonimlar va janoblar!Sizlarni 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammitida qutlashdan g'oyat mamnunman.''Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Janobi Oliylariga, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Xonim Oliyalariga, mening barcha hamkasblarim ' mintaqa mamlakatlari yetakchilariga sammitni aynan shu zaminda, qadimiy Samarqand shahrida o'tkazish borasidagi tashabbusimizni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildira

01 Jun 03:47
 
26
0
xs.uz

“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj

'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so

01 Jun 03:47
 
26
0
xs.uz

Oʻzbekiston notariuslarining II milliy kongressi boʻlib oʻtdi

Kongress 'Koʻchmas mulk: Rasmiylashtirish. Muammolar. Takliflar' mavzusida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov moderatorlik qildi.Tadbirda 10 ga tashkilot va muassasalardan 300 yaqin ishtirokchilar ishtirok etishdi. Jumladan, Adliya vazirligi, sud, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish instituti, Kadastr agentligi va notariat sohasidan milliy ekspertlar, shuningdek Oʻzbekistonning barcha hududlaridan notar