calendar 11 Apr 13:59
eye 35
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqina Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

“Avvalo, muqaddas dinimiz buyurgan ibodat va amallarni muborak Ramazon oyida chin dildan, ixlos bilan ado etib, bugun hayit ayyomini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, yurtimizdagi jamiki mo‘min-musulmonlar, butun xalqimizni samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Shunday saodatli damlarga yetkazgani uchun Alloh taologa behisob shukronalar bo‘lsin! Sidqidildan qilgan duo va niyatlarimiz, ehson va amallarimizni Parvardigori olam o‘z dargohida qabul aylasin! Inson qadrini ulug‘laydigan savobli ishlarimiz bardavom bo‘lsin!” deyiladi Prezident tabrigida.

Davlat rahbari islom dini – tinchlik, ezgulik va insonparvarlik dini ekanini urg‘ulagan. 

“Muqaddas kitoblarimizda “Tinchlik-omonlik, o‘zaro do‘stlik va ahillikka intilib yashash – chin mo‘minga xos fazilatdir”, deb ta’kidlangani ham bu fikrni tasdiqlaydi”, deydi Mirziyoyev.

Prezident bu yilgi Ramazoni sharif kunlarida ana shu qadriyatlar hayotimizda yanada yorqin namoyon bo‘lganini aytdi. Bildirilishicha, ko‘makka muhtoj insonlar uchun 20 milliard so‘mdan ziyod moddiy yordam ko‘rsatilib, mahalla va xayriya tashkilotlari tomonidan barcha hududlarimizda iftorlik va ehson marosimlari o‘tkazilgan.

“Ayniqsa, 25 mart oqshomida Namanganda Farg‘ona vodiysidagi uchta viloyat jamoatchiligi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan, butun mamlakatimiz mahallalarini qamrab olgan iftorlik marosimlari ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqini bamisoli bir dasturxon atrofida birlashtirib, ushbu oyga xos ezgu fazilatlarning yana bir mujassam ifodasi bo‘ldi”, deyiladi Prezident tabrigida.

Yangi masjidlar barpo etilyotgani, ulug‘ allomalar, aziz-avliyolarimizning qadamjolari obod qilinyotgani, milliy va diniy qadriyatlar tiklanyotgani qayd etildi. Muborak Haj va Umra ziyoratlari uchun keng imkoniyatlar ochilyotgani qo‘shimcha qilindi.

“Mana, bu yil ham Ramazon hayiti munosabati bilan yurtimizda uch kunlik dam olish e’lon qilindi. Bu esa bayramni yanada fayzli va mazmunli o‘tkazishga, o‘zaro mehr-muruvvat rishtalarini bog‘lashga xizmat qiladi, albatta.

Hech shubhasiz, bu boradagi ishlar kelgusida ham davom ettiriladi. Buning uchun hozir dunyoda yuzaga kelgan g‘oyat murakkab va tahlikali vaziyatda diyorimizdagi tinch va osoyishta hayotni ko‘z qorachig‘idek asrab, yanada hamjihat bo‘lib, xalq manfaatini ta’minlashga qaratilgan islohotlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligini, o‘ylaymanki, barchamiz yaxshi anglaymiz”, deyiladi tabrikda.


Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda yoshlarni azaliy qadriyatlar bilan birga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan insonlar etib tarbiyalash asosiy burch ekanini doimo yodda tutish lozim. 

“Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz” degan shior asosida ta’lim maskanlari va mahallalarda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirishimiz kerak. Bu borada Haj va Umra safarlariga borib kelgan yurtdoshlarimizning “mahalla yettiligi” va faollarimiz bilan birga alohida o‘rnak ko‘rsatish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Yaratganning rahmati va mag‘firati ziyoda bo‘lib turgan ushbu munavvar lahzalarda xorijdagi yurtdoshlarimizni, uzoq va yaqin davlatlardagi barcha musulmon ummatini Ramazon hayiti bilan sidqidildan muborakbod etamiz”, deydi Mirziyoyev.

Qalblarimiz quvonchga to‘lgan mana shu mo‘’tabar ayyomda sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Ilohim, barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin
Yaratganimizning o‘zi el-yurtimizni panohida asrasin!
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

30 May 08:18
 
47
0
qalampir.uz

O‘zbekistonga narkotik moddalar olib o‘tayotgan “Yovvoyi” ushlandi

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga giyohvand moddalar olib o‘tayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. Vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari qishdan beri maxsus operatsiya o‘tkazib kelgan. Natijada Qirg‘izistonning Aqsi va Ala-Buka viloyatlari orqali narkotik moddalar savdosini tashkil qilgan hamda muqaddam sudlangan  “Japayi” (“Yovvoyi”) laqabli fuqaro qo‘lga olingan Qayd

06 Jun 20:36
 
28
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Anqaradagi Prezident saroyida rasmiy kutib olindi (video)

Bugun, 6 iyun kuni Anqara shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Ikki davlat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarini

11 Jul 15:12
 
25
0
xs.uz

Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

'Oʻzbekiston ' ijtimoiy davlat' tamoyili asosida mamlakatimizda aholini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada sharoitlarni yaxshilash va xizmatlarni kengaytirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.Bunda nogironligi bor shaxslarga qulayliklar yaratish muhim vazifalardan. Shu maqsadda nogironlikni belgilashda raqamlashgan tizimga oʻtish taklif etilmoqda.Unga koʻra, bu dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025-yil 1-sentyabrga qadar barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. E

26 Jul 10:20
 
6
0
qalampir.uz

Berdimuhamedov Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Turkmaniston milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. “O‘zbekiston bilan Turkmanist