calendar 11 Apr 13:58
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

ISHID YeCHL o‘yinlarida teraktlar uyushtirmoqchi – OAV 

image

ISHID shu hafta Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) chorak finali o‘yinlarida teraktlar uyushtirish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, hozirda YeCHL o‘yinlarini o‘tkazish rejalari o‘z kuchida qolmoqda. Bugun, 9 aprel kuni Ispaniya hukumat komissiyasining rasmiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va yig‘ilishda qo‘shimcha xavfsizlik choralari masalasi hal qilinadi.

Terrorchilik tashkiloti shu hafta YeCHL o‘yinlarini o‘zida qabul qiladigan “Emireyts”, “Park de Prens”, ”Metropolitano” va “Santyago Bernabeu” stadionlarida terakt sodir etilishini bildirmoqda.

Qayd etish joiz, shu haftada “Real Madrid” va “Manchester Siti” hamda “Arsenal” va “Bavariya” turnir 1/4 final bosqichining ilk o‘yinlarini o‘tkazadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:58
 
31
0
qalampir.uz

DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi

Bugun, 6 aprel kuni Toshkent shahrida futbol bo‘yicha Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) kubogi bahslarining Toshkent shahar bosqichi yuzasidan brifing o‘tkazildi. Brifingda futbol va mini futbol bo‘yicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berilgani e’lon qilinib, mahallalar o‘z jamoalarini tayyorlashi, tegishli komissiyaga hujjatlarini takdim etishi so‘raldi.  Tadbirda Davlat xavfsizligi xizmati boshqarmasi mas’ul xodimlari, tuman bo‘limlari boshliq

10 May 13:31
 
16
0
qalampir.uz

Ronaldu oxirgi 8 yildagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda

4 may kuni Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 30-turidan o‘rin olgan “Al-Nasr” va “Al-Vahda” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 6:0 hisobida zafar quchdi. O‘yinda portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etdi. Bu natija orqali futbolchi klub miqyosida 2023/2024 yilgi mavsumda urgan gollari sonini 45 taga yetkazdi. 45 ta gol Ronaldu uchun 2015/2016 yilgi mavsumdan buyon eng yaxshi natija hisoblanadi. O‘sha mavsumda u &ldquo

10 May 13:31
 
21
0
qalampir.uz

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatini 22 ta medal bilan yakunladi

Qozog‘istonning Olmaota shahri mezbonlik qilgan 18 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Turnirda o‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustalari 22 ta medal qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston vakillari jami 7 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni band etdi. 1-o‘rinni mezbon Qozog‘iston, 3-o‘rinni esa hindistonlik bokschilar qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati: Oltin:

10 May 15:40
 
39
0
qalampir.uz

Fayzullayev va Husanov Olimpiadada qatnashadimi? Kapadze javob berdi

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zolari Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov, Hojimat Erkinov, Umarali Rahmonaliyev va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev kabi legionerlar katta ehtimol bilan shu yili yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Umid qilamanki, legionerlarni tarkibga jalb qilishda muammolarga duch kelmaymiz, boz ustiga klublar uchun