calendar 11 Apr 13:58
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bruno Mars qimor o‘yinlari sabab katta qarzga botdi 

image

“Uptown Funk”, “That’s what I like”, “Wakye up in the sky” “24 K Magic” kabi qo‘shiqlari bilan dunyoga tanilgan amerikalik xonanda Bruno Mars qimor o‘ynab, katta qarzga botib qoldi. Bu haqda “News Nation” nashri xabar berdi.   

Qayd etilishicha, qo‘shiqchi Bruno Mars hozirda AQSHdagi kazino va istirohat bog‘larining eng yirik egalaridan biri bo‘lgan “MGM Resorts”dan 50 million dollardan ortiq miqdorda qarzdor.

Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yilda qo‘shiqchi MGM bilan ko‘p yillik shartnoma tuzgan va shu kungacha faqat shu kompaniyaning muassasalarida chiqish qilib kelmoqda.

“U kazino bitimidan yiliga 90 million dollar (soliqlar to‘langanidan keyin 60 million dollar) ishlab topadi, lekin u baribir qarzni to‘lashi kerak”, deydi kazino.

38 yoshli xonanda, ayniqsa, pokerni yaxshi ko‘radi va bu o‘yinga katta pul tikishga moyil. Qo‘shiqchi nafaqat musiqa san’ati va qimordan pul topadi, balki MGM’ga tegishli bo‘lgan mehmonxonalardan biridagi kokteyl barini ham ishlatadi.

Ma’lumot uchun, 2013 yilda Bruno Mars matbuotga bergan intervyusida birinchi marta 19 yoshida, hali mashhur qo‘shiqchi bo‘lishidan oldin kazinoga borganini aytgan.

“Birinchi o‘yinimni eslayman, qo‘llarim qaltirardi. Bir yigit buni payqab qolib, bundan foydalangan va 100 dollar yo‘qotganman”, degan xonanda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq taniqli xonanda Filipp Kirkorovning uchta bankdagi hisoblari sug‘urta qarzlari tufayli bloklangandi.
 

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

YEGANDEK BO‘LDIM

«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya

20 Mar 12:50
 
31
0
postda.uz

"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig

12 Apr 21:16
 
328
0
xs.uz

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudg