calendar 11 Apr 13:58
eye 80
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Aktrisa Ra’no Shodiyeva yana bir operatsiyani boshdan kechirdi (video)

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, nogironligi bor shaxslar huquqlari faoli Ra’no Shodiyeva yana bir operatsiyani boshdan kechirdi. U bu haqda kecha, 4 aprel kuni o‘zining Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ra’no Shodiyevada juda kam uchraydigan jigar saratoni xastaligi aniqlangan. Shu paytgacha u davolanish muolajalarini qabul qilgan.

Aktrisa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan storisida  bundan bir necha kun avval yana Turkiyaga jo‘nab ketgani va jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganini aytgan.

“Men haqimda qayg‘urganingiz uchun hammangizga minnatdorlik bildiraman. Muntazam kimyoviy terapiya olganim sabab port o‘rnatilgandi ( port tahr. venoz, arterial, peritoneal, orqa miya yoki plevra bo‘shlig‘iga uzoq muddatli kirishni ta’minlaydigan tibbiy asbobdir. Terapevtik va diagnostik maqsadlarda qon tomirlari va terini shikastlanishdan himoya qiladi). Tomirlarim chidamadi va uni olib tashladik. Menda hozir hammasi yaxshi. Alloh yordamida kasallikni yengib chiqdim”, degan aktrisa.

Ma’lumot uchun, Ra’no Shodiyeva 2022 yilning kuzida jigarida ilk jarrohlik amaliyotini o‘tkazgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:51
 
580
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri

13 May 14:39
 
756
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
607
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

01 Jul 04:29
 
44
0
xs.uz

“Nimaga unutay dard, kulfatimsan, sevgim eding, men axir...”

20-iyun ' taniqli shoir Abduvali Qutbiddin tavallud topgan kunQASAMFaromush bogʻlarda sollanib mahzun,Zarrin sarpolarda, davlati fuzun,Qalbimga ataydi non hamda tuzin,Yo jonim muhabbat,Sim-sim-ey, sim-sim,Mabodo aldasam, qoʻllarim sinsin.Oʻtkinch tilaklarda bolalik badbaxt,Sevgining nomidan yozadi tilxat.Agarda yashasam qaldirgʻochsifat,Qizgʻaldoq enamdir,Sim-sim-ey, sim-sim,Mabodo aldasam, qoʻllarim sinsin.Ortimda choʻl dedim, koʻrsam, Badaxshon,Qadimiy tangaday behamyon, beshon.Oʻzimn