calendar 11 Apr 13:55
eye 87
comments 0
comments Manba: postda.uz

Dugonalar bormisiz, omonmisiz...

image

Sharof Rashidovning asarlari o‘zbek san’atining noyob durdonalarida yashaydi. Masalan, «Yor-yor» filmida «Dugonalar» qo‘shig‘i, «Chinor ostidagi duel» kinoasarida esa «Sado» guruhining «Yor kelur» qo‘shig‘i beriladi. Sharof 

Ra­shidov she’rlariga bastalangan ushbu qo‘shiqlar haqiqiy san’at darajasida kuylangan. Mazmunan boyligi, ko‘tarinkiligi bilan o‘z-o‘zidan dilbar qo‘shiqlarga jo bo‘lgan satrlar bugun ham xalq tilidan tushmaydi.

Taniqli bastakor Sulaymon Yudakov tomonidan adibning «Kashmir qo‘shig‘i» qissasidagi «Dugonalar» she’riga bastalagan qo‘shiqni O‘zbekiston xalq artisti Saodat Qobulova maromiga yetkazib ijro etgan, bugungi kunda opa-singillarimiz uchun mehr ramziga aylangan. Vokal-musiqa janri uslubida yaratilgan qo‘shiq hamon o‘z badiiy qimmatini yo‘qotmay, ijrochilar tomonidan kuylanib kelinmoqda.

Dugonalar bormisiz, omonmisiz?

Jam bo‘lishib, ochilib gulzormisiz, jon,

Ochilib gulzormisiz, jon-ey.

Jam bo‘lishib, ochilib gulzormisiz, jon,

Ochilib gulzormisiz, jon-ey, 

bormisiz, yor-ey, jon?


Hech qanday kuch bizni xazon etolmas,

Bo‘ron, Horud murodiga yetolmas.

Jam bo‘lishib, ochilib gulzormisiz, jon,

Ochilib gulzormisiz, jon-ey, 

bormisiz, yor-ey, jon?


Obod bo‘lur bahorimiz, bog‘imiz, 

Jam bo‘lishib, ochilib gulzormisiz, jon,

Ochilib gulzormisiz, jon-ey.

Jam bo‘lishib, ochilib gulzormisiz, jon,

Ochilib gulzormisiz, jon-ey, 

bormisiz, yor-ey, jon?


Qora kuchlar gulistondan quvilsin,

Gullar bargi shabnam bilan yuvilsin.

Jam bo‘lishib, ochilib gulzormisiz, jon,

Ochilib gulzormisiz, jon-ey, 

bormisiz, yor-ey, jon?


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:51
 
580
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri

13 May 14:39
 
756
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
607
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

01 Jul 04:29
 
44
0
xs.uz

“Nimaga unutay dard, kulfatimsan, sevgim eding, men axir...”

20-iyun ' taniqli shoir Abduvali Qutbiddin tavallud topgan kunQASAMFaromush bogʻlarda sollanib mahzun,Zarrin sarpolarda, davlati fuzun,Qalbimga ataydi non hamda tuzin,Yo jonim muhabbat,Sim-sim-ey, sim-sim,Mabodo aldasam, qoʻllarim sinsin.Oʻtkinch tilaklarda bolalik badbaxt,Sevgining nomidan yozadi tilxat.Agarda yashasam qaldirgʻochsifat,Qizgʻaldoq enamdir,Sim-sim-ey, sim-sim,Mabodo aldasam, qoʻllarim sinsin.Ortimda choʻl dedim, koʻrsam, Badaxshon,Qadimiy tangaday behamyon, beshon.Oʻzimn