calendar 11 Apr 13:55
eye 70
comments 0
comments Manba: postda.uz

Bugun O‘zbekiston qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov tug‘ilgan kun

image


Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. O‘zbek adabiyotiga 1965-yilda «Mitti yulduz» she’riy to‘plami bilan kirib kelgan shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «O‘zbekiston» (1971), «Xotirot», «Yurtim shamoli» (1974), «Yuzma-yuz», «Hayrat» (1979), «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «Haj daftari», «Munojot» (1992), «Saylanma» (1996), «Dunyo» (1999), «Shoir yuragi» (2003) singari kitoblari nashr etilgan. «Sohibqiron»  she’riy dramasi respublikaning barcha yirik teatrlarida sahnalashtirilgan.

Dantening «Ilohiy komediya»sini, A. N. Nekrasov, L. Ukrainka, T. Shevchenko, R. Hamzatov, Q. Quliyev asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi hamdir. Hamza hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari laureati.


Sen bahorni sog‘inmadingmi?


Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim,

Topay dedim qirdan izingni.

Yonog‘ingdan rang olgan dedim –

Lolazorga burdim yuzimni,

Uchratmadim ammo o‘zingni,

– Sen bahorni sog‘inmadingmi?


Uzoqlardan zarvorli tog‘lar,

Xayolimni keldilar bosib.

Kechdi qancha intizor chog‘lar,

Vasling menga bo‘lmadi nasib,

Sensiz men ham, bahor ham g‘arib,

– Sen bahorni sog‘inmadingmi?


Ungurlarda sakraydi ohu,

Na’matakda sa’va mittijon.

Qorliklardan sipqorilgan suv,

Daralarda uradi javlon.

Nigohimdan faqat sen pinhon,

– Sen bahorni sog‘inmadingmi?


Mana, bugun Navro‘zi olam,

Do‘stlarimga gullar tutarman.

Qaylardasan, suyukli erkam…

Qo‘limda gul seni kutarman,

Umrim bo‘yi chorlab o‘tarman:

– Sen bahorni sog‘inmadingmi?


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

YEGANDEK BO‘LDIM

«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya

20 Mar 12:50
 
31
0
postda.uz

"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig

12 Apr 21:16
 
329
0
xs.uz

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudg