calendar 11 Apr 13:55
eye 74
comments 0
comments Manba: postda.uz

KELAJAGIMIZ EGALARI ISHTIROKIDA

image

Furqat tumanidagi «Turon odob-ilm» nodavlat ta'lim muassasasida tahsil olayotgan o‘quvchilar orasida kelajakda huquq-tartibot organlarida xizmat qilishni maqsad qilgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shu boisdan, navbatdagi amaliy mashg‘ulot tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda, bevosita bo‘lim binosida tashkil etildi. 

O‘quvchilar dastlab «Vatanparvarlik burchagi» va «Ma'rifat zali»dagi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so‘ng, tergovchilar tomonidan yoshlarga tuman hududida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning holati tahlil qilib berildi.

Ekspert-kriminalistika xizmati xodimlari esa, bo‘limning moddiy-texnik vositalari, imkoniyatlari, ekspertizadan o‘tkazish tartib-qoidalari haqida batafsil ma'lumotlar berishdi. 

Shu kuni soha mutaxassislari tomonidan yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, diniy aqidaparastlik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida ham davra suhbatlari o‘tkazildi.

Abduvosit SIDIQOV,

o‘z muxbirimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

Bozorda arzonchilik: xaridorga maza, dehqonga-chi?!

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ota-bobolarimizda dehqonchilik boʻlsa chilik-chilik, boʻlmasa qimmatchilik, degan ibora bor. Haqiqatan ham dehqonchilik bir oʻxshab qolsa, qirq yillik qarzni uzadi. Aks holda dehqonning unga sarflagan xarajati puli chiqmasligi ham hech gap emas.Ammo keyingi yillarda dehqonchilikka ham ilm-fan, innovatsiya kirib keldi. Endilikda yerga ekin ekadigan hamyurtimiz shunchaki tabiat tasodiflari oldida magʻlub boʻlishni istamaydi. Aql bilan, bozor talabi va ehtiyoji a

09 Oct 12:40
 
9
0
xs.uz

Quyosh panellari daromad keltirmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Energiya samaradorligini oshirish boʻyicha Samarqand viloyati hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda. Aholi va ijtimoiy soha obeʼktlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlash maqsadida viloyatdagi tijorat banklari tomonidan 2023-2024-yilllar davomida 1 779 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga muqobil energiya vositalarini sotib olish uchun 157 464 million soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Jumladan, 1 426 nafar fuqaroga 40 010 million

09 Oct 12:36
 
16
0
postda.uz

Ogohlik

Jizzax shahridagi Sambhram universitetida terrorizm va ekstremizm oqibatlaridan talabalarni ogoh etish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu jarayonda viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan terrorizm va ekstremizm tahdidlari, mazkur turdagi jinoyatlarni sodir etganlarga nisbatan belgilanadigan jazolar, buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib etish usullari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi. Alijon ABDUSATTOROV,“Postda” muxbiri.

20 Sep 00:22
 
19
0
xs.uz

Dollar va yevro kursi oshdi, rubl esa pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 18-sentyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 3,08 soʻmga koʻtarildi va 12 732,56 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 25,08 soʻmga oshib, 14 181,53 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,35 soʻmga pastlab, 139,37 soʻmni tashkil qildi.