calendar 14 Mar 07:23
eye 49
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda “Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy” sakkizinchi xalqaro anjumani oʻz ishini boshladi

image
Gidroenergetika sohasida anʼanaviy ravishda oʻtkazilib kelinayotgan 'Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy' sakkizinchi xalqaro anjumani va koʻrgazmasi 2024-yilning 13-15-mart kunlari Toshkent shahrida tashkil etilmoqda.

Taʼkidlash joizki, ushbu xalqaro koʻlamdagi yirik anjuman gidroenergetika yoʻnalishida mamlakatimizda ikkinchi marotaba tashkil etilmoqda (eslatib oʻtamiz, 2021-yil fevral oyida oʻtkazilgan ushbu nufuzli xalqaro anjumanga (beshinchisi) ham Oʻzbekiston mezbonlik qilgan edi).



Anjuman mintaqalardagi gidroenergetika sohasining rivojlanishi va taraqqiy etishi, gidroenergetik inshootlarning qurilishi, modernizatsiyasi, muammo va istiqbollari boʻyicha oʻziga xos oʻzaro tajriba almashish, uzviy hamkorlik va muloqot maydonchasidir.

Ushbu anjumanning asosiy ishtirokchilari ' Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqalari vakillari ' Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Rossiya, Gruziya, Turkiya davlatlari sanaladi.



Joriy 2024-yilgi anjumanda ham 'Oʻzbekgidroenergo' aksiyadorlik jamiyati asosiy strategik hamkor hisoblanadi. Muntazam ravishda oʻtkazib kelinadigan mazkur tadbirlarda mamlakatimiz nomidan 'Oʻzbekgidroenergo' AJ doimiy va faol tarzda ishtirok etib kelmoqda.

Mazkur yirik kongress uchun 200 dan ortiq kompaniyalar hamda 20 ga yaqin davlatlar vakillarining ishtiroki koʻzda tutilmoqda.



Tadbir 'onlayn' shaklda dunyo boʻylab namoyish qilinadi.

Taʼkidlash joizki, ushbu anjuman gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar, sohadagi yangi innovatsion texnologiyalar hamda xorijiy investorlar (moliyaviy institutlar, banklar)ni faol jalb qilish, yetakchi loyiha institutlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilish hamda amaldagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkaziladi.



Mazkur yirik anjuman ikki kunlik Dastur asosida quyidagi yoʻnalishlarda oʻz ishini olib boradi:

' mintaqaviy energo-taqchillik sharoitida QTEM transformatsiyasi yoʻnalishlari;

' yangi yirik va oʻrta gidroelektr stansiyalarini qurish tajribalari;

' mavjud GESlarni modernizatsiya qilish borasidagi amaliy ishlar;

' kichik va mikro GESlarni qurish hamda davlat-xususiy sherikligi;

' energiyani saqlash hamda yashil transformatsiya boʻyicha xorij tajribasi;

' sohadagi ilgʻor innovatsiyalar;

' yangi investitsiyaviy loyihalar;

' GESlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish yoʻnalishidagi tajribalar;

' energetik xavfsizlikni taʼminlash masalalari;

' energetik xavfsizlikni taʼminlashda gidroenergetikaning oʻrni va ahamiyati;

' Oʻzbekistonda istiqbolli GTES (GAES) loyihalari;

' Markaziy Osiyodagi energetik loyihalarni moliyalashtirish va boshqa.



Shu bilan birga, anjuman doirasida Oʻzbekistondagi GES va kaskadlar faoliyati bilan yaqindan tanishish koʻzda tutilgan boʻlib, bu borada, tadbirning uchinchi kuni ' 15-mart sanasida ' olib borilgan modernizatsiyadan soʻng 128 MVt quvvatga ega boʻlgan 'Farhod GES' UKga xorijiy mehmonlar ishtirokida maxsus press-tur uyushtirilishi koʻzda tutilmoqda.

Mazkur yirik gidroenergetika forumi va koʻrgazmasi Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqalari davlatlari hamkorligida energetika sohasini rivojlantirish, soha mutaxassislari ishtirokida asosiy masalalarni muhokama qilish hamda tajriba almashish maqsadida oʻtkazib kelinadi.



Forumdan oʻrin olgan asosiy maʼruzalar mamlakatimizda gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, joriy va kutilayotgan istiqbollarga bagʻishlanishi kutilmoqda.

Kongress doirasida asosiy 40 dan ortiq maʼruza oʻrin olgan boʻlib, soha mutaxassislari ishtirokida bir qator davra suhbatlari, seminarlar, brifinglar tashkil etiladi.











Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
46
0
postda.uz

QARZ MUNOSABATNI BUZADI(MI)?

«Qarz munosabatni buzadi», «Qarz barakani uchiradi» degan gaplar tez-tez qulog‘imizga chalinib turadi. Afsuski, hayotda qarz berganlar o‘z pulini vaqtida yoki umuman qaytarib ololmayotgan holatlar ham uchrab turibdi. Salim akaning qizi universitetga shartnoma asosida o‘qishga kirdi. Xotini bilan yig‘ib qo‘ygan pulini shartnoma uchun to‘lashga qaror qilishdi. Ammo tog‘asi yangi mashinaga to‘lov qilishga picha puli yetmayotganini aytib qoldi. «Ozroq yordam qilib tursangiz

11 Apr 14:01
 
33
0
xs.uz

Qashqadaryoda quyosh panellariga texnik xizmat koʻrsatish markazi ochildi

Jahongir Boymurodov/'Xalq soʻzi'. Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida 700 ga yaqin ijtimoiy soha va davlat tashkilotlari, mingdan oshiq tadbirkorlik subyekti hamda ikki mingga yaqin aholi xonadonlarida quyosh panellari oʻrnatilgan. Bu raqamlar kun sayin oshib bormoqda.Albatta, ushbu quyosh panellarining belgilangan meʼyorlar darajasida ishlashi uchun ularga oʻz vaqtida sifatli texnik xizmat koʻrsatilishi зарур.Қарши shahrida Energetika vazirligi huzuridagi 'Yashil energiya' kompa

10 May 16:20
 
21
0
postda.uz

18 GA TO‘LMAGAN «HAYDOVCHILAR»

Aynan shu yoshlar tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalariga e’tibor qaratar ekanmiz, avvalo, o‘zimizning dilbandlarimiz ko‘z ol­dimizga kelib, yuragimiz orqaga tortib ketadi. Axir, kim avtohalokat oqibatida farzandidan ayrilib yoki nogiron bo‘lib qolishni istaydi?! ...Jizzax shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori «Nexia» rusumli avtoulovni to‘xtatdi. Buni qarangki, rulda 13 yashar maktab o‘quv­chisi. Ota o‘g‘liga transport vositasini boshqaris

23 Apr 03:36
 
26
0
xs.uz

Sirdaryo — Kvansan-Gu biznes forumi boʻlib oʻtdi

Ahmadali ShERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Sirdaryo ' Kvansan-Gu biznes forumi boʻlib oʻtdi.Guliston shahridagi 'Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi'da boʻlib oʻtgan forumning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Janubiy Koreyaning Kvandju shahri Kvansan-Gu tumani hokimi Pak Byung Kyu, Koreya-Oʻzbekiston biznes assotsiatsiyasi (KUBA) raisi oʻrinbosari Kim Chang Keon ishtirok etdi.Taʼkidlandiki, Oʻzbekiston va Janubiy Koreya davlatlari oʻrtasi