calendar 11 Apr 13:55
eye 56
comments 0
comments Manba: postda.uz

QARZ MUNOSABATNI BUZADI(MI)?

image

«Qarz munosabatni buzadi», «Qarz barakani uchiradi» degan gaplar tez-tez qulog‘imizga chalinib turadi. Afsuski, hayotda qarz berganlar o‘z pulini vaqtida yoki umuman qaytarib ololmayotgan holatlar ham uchrab turibdi. 

Salim akaning qizi universitetga shartnoma asosida o‘qishga kirdi. Xotini bilan yig‘ib qo‘ygan pulini shartnoma uchun to‘lashga qaror qilishdi. Ammo tog‘asi yangi mashinaga to‘lov qilishga picha puli yetmayotganini aytib qoldi. «Ozroq yordam qilib tursangizlar, qarzimni bir oydan so‘ng uzaman», – dedi. 

Nima qilishni bilmay er-xotinning boshi qotdi. Farzandining kontraktini to‘lashga biroz vaqt borligini inobatga olib, bir oy muddatga pullarni tog‘asiga berib yubordi. Ammo aytilgan muddat kelsa ham, puldan darak yo‘q edi. Tog‘asiga qo‘ng‘iroq qilsa, ishlari yurishmay qolganini bahona qilib, ortga suraverdi. Shundan so‘ng Salim akaning uyida mojaro boshlandi. Oqibatda tog‘a-jiyanning orasidagi munosabat buzildi...

Avaz qattiq betob bo‘lib qoldi. Er-xotin maslahatlashib, tijoratchi qo‘shnisidan jarrohlik amaliyoti uchun qarz ko‘tarishdi. Oradan bir necha oy o‘tib, Avaz sog‘lig‘ini tiklab oldi. Faqat qarzni va'da qilgan muddatidan ancha kechikib to‘ladi. Qo‘shnisi bu vaqt ichida pullarini aylantirib, falon so‘m foyda olgan bo‘lishini aytib, zararni qoplashini talab qildi. Avaz bir amallab aytilgan pulni to‘ladi. Lekin shundan so‘ng qo‘shnichilik rishtalarini uzdi...

Muqaddas dinimizga ko‘ra, sadaqa berishdan ko‘ra qarz berishning savobi ko‘proqdir. Chunki sadaqa va ehsonlar ixtiyoriy ravishda muhtojga ham, muhtoj bo‘lmagan odamga ham berilaveradi. Ammo qarzni faqat muhtoj kishigina so‘raydi. 

Faqat qarz oldi-berdisining ham o‘ziga yarasha tartib-qoidalari bor. Qonunchilikda qarz oldi-berdisini rasmiylashtirish shart qilib qo‘yilgan. Ammo o‘rtadagi ishonch, istihola tufayli ham­yurtlarimiz ko‘pincha bu tartib-qoidalarga rioya qilmaydilar. Ba'zan buning uchun notarial idoraga borishga erinadilar. Keyin esa ayrim qarz berganlar afsus chekib yuradilar. Bizningcha, qarz munosabatlari o‘rtadagi oqibatga putur yetkazmasligi uchun barcha fuqarolar qonun doirasida ish tutgan ma'qulroq. Adolat bilan qilingan tadbir doimo xayrli bo‘ladi.

Ha, hayotda bunaqa holatlar uchrab turadi. Qarzni olishga olib, qaytarishga kelganda bundan tonib: «Guvohing yoki hujjating bormi?» deydigan qarindoshlar yoki qudalar ham yo‘q emas. Natijada qarindoshlik rishtalari uzilyapti, yosh oilalar buzilyapti. Hatto qarzini so‘rayotganlar ustidan «Mendan pul tama qilyapti» deb huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat etayotganlar ham bor. Natijada ayrim qarz beruvchilar o‘zining pulini olayotib, aybsiz aybdor bo‘lib qolyapti.

Mulohazamiz bilan tanishib: «Qarz oldi-berdisi munosabatni buzar ekan» degan xulosaga kelmang. Biz bunday fikrdan yiroqmiz. Chunki moddiy jihatdan qiyin ahvolda qolgan odamning hojatini chiqarishga nima yetsin. Faqat buni tilxat olib, qarz shartnomasi tuzib, guvohlar ishtirokida yoki notarial idora orqali, xullas, qonuniy tarzda amalga oshirgan ma'qul. Shunda qo‘l bilan berib, olarda oyoq bilan yugurmaysiz. Qolaversa, qarz ko‘taruvchi ham olmoqning bermog‘i borligini unutmasligi kerak. 

Mahliyo XOLOVA,

o‘z muxbirimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
150
0
xs.uz

Fuqarolar koʻp mablagʻ olmayapti! Oʻzbekistonda pensiya islohoti amalga oshirilishi mumkin

Unda qayd etilishicha, Oʻzbekiston 'Allianz Pension Ranking 2023' pensiya reytingida 75 ta mamlakat qatorida 71-oʻrinni egallagan (Qozogʻiston ' 34, Rossiya ' 37, Turkiya ' 59-oʻrinda). Mazkur reyting uchta sub-indekslarga asoslangan, bular: bazaviy sharoitlar, barqarorlik va pensiya tizimining monandligi. Ular 1 dan 7 gacha boʻlgan shkala boʻyicha baholanadi (bunda 1 ' eng yuqori baho). Oʻzbekistonning umumiy bahosi 4,5 ni tashkil etgan (bazaviy sharoitlar boʻyicha 4,4; barqarorlik boʻ

11 Jul 15:12
 
88
0
xs.uz

Dollar va rubl kursi oshdi, yevro esa pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'11,77'soʻmga oshdi va'12 630,03'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'6,19'soʻmga pastlab,'13 669,49'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,59'soʻmga koʻtarilib,'144,49'soʻmni tashkil qildi.

26 Jul 10:21
 
41
0
xs.uz

Dollar kursi ikki kunlik pastlashdan keyin yana koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'40,76'soʻmga koʻtarildi va'12 625,04'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'10,21'soʻmga oshib,'13 686,81'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1, 73'soʻmga koʻtarilib,'146,11'soʻmni tashkil qildi.

11 Jul 15:13
 
90
0
xs.uz

Oʻzbekiston bolalar toʻyib ovqatlanmaydigan davlatlar roʻyxatiga kiritildi

Mazkur roʻyxatda dunyoning 63 ta davlati nomi keltirilib, ular 3 guruhga boʻlingan. Xususan:1. Yuqori darajada;2. oʻrta darajada;3. Past darajadagi oziq-ovqat qashshoqligi qayd etilgan.Uchinchi guruhga Belarus, Turkmaniston hamda turizm salohiyati bilan ajralib turuvchi Gruziya va Vyetnam kabi davlatlar kiritilgan.Oʻzbekistonda esa toʻyib ovqatlanmaslik darajasi ikkinchi guruhda qayd etilgan. Shuningdek mazkur guruhdan Iroq, Iordaniya kabi davlatlar ham oʻrin olgan.Bolalari toʻyib ovqatla