calendar 23 Apr 03:36
eye 66
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sirdaryo — Kvansan-Gu biznes forumi boʻlib oʻtdi

image
Ahmadali ShERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Sirdaryo ' Kvansan-Gu biznes forumi boʻlib oʻtdi.

Guliston shahridagi 'Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi'da boʻlib oʻtgan forumning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Janubiy Koreyaning Kvandju shahri Kvansan-Gu tumani hokimi Pak Byung Kyu, Koreya-Oʻzbekiston biznes assotsiatsiyasi (KUBA) raisi oʻrinbosari Kim Chang Keon ishtirok etdi.

Taʼkidlandiki, Oʻzbekiston va Janubiy Koreya davlatlari oʻrtasida doʻstlik va iqtisodiy aloqalarining tobora rivojlanib borayotgani doirasida hududlararo oʻzaro hamkorlik ham yanada kengaymoqda.

Forum dasturiga koʻra, Oʻzbekiston va Janubiy Koreyaning mazkur hududlari oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha oʻzaro rasmiy muloqotlar, 'G2B' va 'B2B' formatidagi uchrashuvlar oʻtkazildi. Shuningdek, mehmonlar Guliston hamda Yangiyer shaharlaridagi qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishtirildi. Xususan, Yangiyer shahridagi 'Mebelsozlik klasteri'da ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlarni koʻzdan kechirildi. 'Sirdaryo' erkin iqtisodiy zonasining Yangiyerdagi hududida xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Sirdaryo ' Kvansan-Gu biznes forumida Janubiy Koreyaning 15 ta yirik va yuqori salohiyatli kompaniyalari hamda 100 nafardan ziyod tadbirkorlari ishtirok etdi. Iqtisodiy anjumanda hamkorlik kelishuvlariga erishildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:39
 
4
0
xs.uz

Oʻzbekistonda bugʻdoy narxini barqarorlashtirish boʻyicha yangi xalqaro loyiha ishga tushirildi

Bugʻdoy Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini, qishloq aholisining daromad manbalarini va umumiy iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Biroq mamlakat tashqi omillar, geosiyosiy xavflar va ichki bozorni tartibga solishning cheklangan imkoniyatlari tufayli narx tebranishlariga duch kelmoqda. Ushbu muammolarni hal etish maqsadida Oʻzbekistonda Hukumati bir qator tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.Mazkur muammolarni hal qilish va milliy oziq-ovqat xavfsizligini mustahkaml

31 May 08:51
 
53
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava

13 May 14:38
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,94 soʻmga'oshib,'12 938,01 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'13,10 soʻmga'koʻtarilib,'14 673,00 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,30 soʻmga'tushdi va'158,73 soʻmni'tashkil qildi.

17 May 21:47
 
301
0
xs.uz

Prezidentga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga a'zo bo'lish choralari ko'rilmoqda. O'tgan davrda ko'p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.Jumladan, Ishchi guruhining to'rtta muhim yig'ilishi o'tkazilib, 500'dan ortiq masalalar ko'tarildi, 30'dan ziyod rasmiy hujjatlar JST K