calendar 08 Mar 17:00
eye 106
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Nigeriyada qurollangan shaxslar 227 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketdi

image

Kecha, 7 mart kuni Nigeriyada qurolli shaxslar Kaduna shtati shimolidagi Kuriga shahrida 227 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, jangarilar ertalabki yig‘ilishdan keyin maktabga hujum qilgan. O‘qituvchilardan biri Sani Abdullohiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘rta maktabdan o‘g‘irlanganlar soni 187 nafar, boshlang‘ich maktabdan esa 40 nafarga yaqin. Kuriga shahar kengashi deputati Idris Mayalluraning aytishicha, jangarilar dastlab 100 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisini qo‘lga olgan, biroq ular bolalarning bir qismini qo‘yib yuborgan, boshqalar esa qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Shtat gubernatori Uba Sani barcha maktab o‘quvchilarining ozod etilishini ta’minlashga va’da bergan. Amnesty International Nigeriya hukumatini bolalarni qutqarib, aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, 2014 yilda “Boko Haram” terrorchilik guruhi Nigeriya shimolidagi Chibok shahrida 276 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketgan. 2021 yil holatiga ko‘ra, ulardan 100 dan ortig‘i bedarak yo‘qolgan. Save the Childeren tashkiloti 2021 yilning yanvar-avgust oylari orasida Nigeriyada 1000 dan ortiq bola o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
23
0
xs.uz

AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi

Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.

06 Mar 16:12
 
46
0
xs.uz

Shveysariyada “Shimoliy oqim-2”ni qayta ishga tushirish boʻyicha yashirin muzokaralar olib borilmoqda – “Bild”

AQSH Prezidentining maxsus vakili Richard Grenell 'Shimoliy oqim-2' gaz quvuri va Rossiya gazini Germaniyaga yetkazib berish bilan bogʻliq mumkin boʻlgan bitimni muhokama qilish uchun Shveysariyaga bir nechta norasmiy tashriflar amalga oshirgan. Ushbu jarayonlar bir necha haftalardan beri davom etmoqda.Shu bilan birga, nemis hukumati Grenellning Shveysariyadagi uchrashuvlaridan xabardor emasligini, oʻzi esa bu muzokaralarga aloqadorligini rad etishini aytdi. Germaniya hukumati esa 'Shimoliy o

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

19 Feb 00:21
 
56
0
xs.uz

Kanadada samolyot agʻdarilib ketdi

Kanadaning Toronto aeroportida 'Delta Air Lines' aviakompaniyasiga qarashli yoʻlovchi samolyoti agʻdarilib ketdi. Baxtsiz hodisa yuz bergan vaqtda havo kemasi bortida 80 kishi boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ulardan 18 nafari jarohatlangan va yoʻlovchilar evakuatsiya qilingan.CNN aviatsiya tahlilchisi va Milliy transport xavfsizligi Kengashining sobiq boshqaruvchi direktori Piter Goyelzning aytishicha, samolyot qoʻnish jarayonida kuchli zarbaga uchrab, agʻdarilgan. Shundan soʻng