calendar 24 Jun 10:18
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Dog‘istondagi terakt. Hozirgacha nimalar ma’lum?

image

Kecha, 23 iyun kuni kechqurun Dog‘istonda ikkita terakt sodir bo‘ldi. Jangarilar bir vaqtning o‘zida Maxachqal’a va Darbandga hujum qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.

Yakshanba kuni soat 18:00 atrofida qurolli shaxslar tomonidan hujum qilingani haqidagi birinchi xabarlar paydo bo‘la boshladi. O‘shanda Darbandda jangarilar avtomat qurollari bilan Lenin ko‘chasidagi Bibi Maryam shafoati pravoslav cherkoviga hujum qilgan. Hujum paytida cherkovda marosim bo‘lib o‘tayotgan edi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar ichkariga bostirib kirib, faqat gaz to‘pponchasi bilan qurollangan qo‘riqchi Mixailni otib o‘qqa tutgan, so‘ngra 66 yoshli ruhoniy Nikolay Kotelnikovga pichoq bilan hujum qilgan. 

Darbanddagi jangarilarning yana bir nishoni mahalliy sinagoga bo‘lgan: unga o‘t qo‘yilgan va yong‘in tezda butun binoni qamrab olgan. Taxminan bir vaqtning o‘zida Maxachqal’ada Yermoshkina ko‘chasidagi yo‘l politsiyasi postiga hujum uyushtirildi – bir politsiyachi halok bo‘ldi, yana olti nafari yaralandi. Shundan so‘ng Darband va Maxachqal’a politsiyasi jangarilarni qidirish va yo‘q qilishni boshladi.

Shu bilan birga, Maxachqal’ada pravoslav cherkovi yaqinida politsiya bilan otishma bo‘lib o‘tdi, u yerda 19 kishi o‘z xavfsizligi uchun bino ichiga qamalib olgan. Shu sababli bir qator Telegram-kanallarida ular jangarilar garoviga aylangani haqida xabarlar paydo bo‘ldi, biroq keyinchalik bu ma’lumot respublika Ichki ishlar vazirligi tomonidan rad etildi.

Taxminan soat 22:00 da Dog‘iston muftiyati to‘qqiz kishi terakt qurboni bo‘lganini, ulardan yetti nafari huquq-tartibot idoralari xodimlari ekanligini ma’lum qildi. Ehtimol, halok bo‘lgan ikki tinch aholi ruhoniy Nikolay Kotelnikov va cherkov qo‘riqchisi bo‘lgan.

Keyinroq, soat 22:30 da Rossiya Ichki ishlar vazirligi halok bo‘lganlardan biri shahar politsiya bo‘limi boshlig‘i ekanligini ma’lum qildi – u Darbandda terrorchilar bilan otishma paytida og‘ir jarohatdan vafot etgan. Dog‘iston muftiyligi 25 kishi jarohatlanganini aytdi.

Tungi soat ikkidan keyin Dog‘iston rahbari Sergey Melikov terakt qurbonlari haqida yangi ma’lumotlarni taqdim etdi: bu ma’lumotlarga ko‘ra, 15 dan ortiq politsiyachi, shuningdek, bir necha tinch aholi jangarilar qo‘llarida halok bo‘lgan.

Shu bilan birga, internetda 19 nafar yarador ro‘yxati paydo bo‘ldi: Maxachqal’ada 3 nafar tinch aholi vakili va 12 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi turli darajada, Darbandda esa to‘rt nafar tinch fuqaro, ulardan ikki nafari shifoxonaga yotqizishni talab qilmagan, shuningdek, ikki nafar xavfsizlik xodimi yaralangan. 

Taxminan soat 20:30 larda Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi Maxachqal’a va Darbanddagi hujumlar tufayli Dog‘istonda aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etilgani haqida xabar berdi.

O‘z navbatida, Rossiya Tergov qo‘mitasi respublikadagi qurolli hujumlar fakti bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (“Terrorchilik akti”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Dog‘iston rahbari Sergey Melikov mintaqada tezkor shtab tuzilganini ma’lum qilib, mahalliy aholini vahimaga tushmaslikka va xotirjamlikni saqlashga chaqirdi.

Taxminan 23:00 da Milliy aksilterror qo‘mita Darbanddagi aksilterror operatsiyasining faol bosqichi tugaganini e’lon qildi – uning davomida ikkita jangari yo‘q qilindi. Tungi soat ikkiga yaqin qo‘mita besh nafar terrorchi zararsizlantirilganini ma’lum qildi: uch nafari Maxachqal’ada va ikkitasi Darbandda.

Ayni paytda Dog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxachqal’ada huquq-tartibot idoralari xodimlari to‘rt nafar jangarini yo‘q qilganini, ulardan uch nafari qarindoshi bo‘lganini ma’lum qildi. Dog‘iston rahbari Sergey Melikov ham Dog‘istondagi aksilterror operatsiyasi davomida olti nafar jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Jangarilar orasida amaldorning o‘g‘illari ham bo‘lgan

Maxachqal’ada yo‘q qilingan jangarilar orasida Dog‘istonning Sergokalinskiy tumani rahbari Magomed Omarovning o‘g‘illari Usmon va Odil Omarovlar hamda uning jiyani ham bor. Bu xabarlar paydo bo‘lishi bilanoq, Omarov iste’foga chiqdi.

Shundan so‘ng, militsiya xodimlari Omarovni qo‘lga olish uchun Serg‘oqali qishlog‘iga borgan. Qishloq markazidagi maydonda huquq-tartibot idoralari xodimlari bo‘lgan mashina noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgan, politsiyachilardan biri yaralangan.

Biroq, bu voqeaga qaramay, Omarov hibsga olindi – Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari uni so‘roq qilishni boshladi va amaldorning uyi tintuv qilindi.

Shu bilan birga, Omarovning yaqin tanishi Maxachqal’aga hujumda ishtirok etgan amaldorning o‘g‘illari yaqin qarindoshlari orqali ishga olinishi mumkinligini aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 17:35
 
60
0
qalampir.uz

Netanyaxu Rafahga bordi (video)

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga bordi. Bu haqda Bosh vazir maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi. Netanyaxu Isroil armiyasining 162-diviziyasi joylashgan hududga tashrif buyurdi, harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi va Isroilning Filadelfiya koridori deb ataladigan hududni - G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegaradagi hududni va Rafah nazorat-o‘tkazish punktini nazorat qilishi anklavdagi operatsiyani “davomi uchun glob

15 Jul 12:03
 
131
0
xs.uz

“Kiyevga yuborilgan mablagʻlar AQSH huquq-tartibot tizimini yaxshilashga sarflanishi kerak” — Rossiya Trampga uyushtirilgan suiqasd boʻyicha qanday fikrda

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Peskov AQSH prezidenti Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga izoh berdi.Qayd etilishicha, Peskov bu qotillikka urinishni amaldagi hukumat uyushtirganiga ishonmasligini, ammo Tramp atrofida yaratilgan siyosiy muhit shunday hodisa yuz berishiga sabab boʻlganligini taʼkidladi.Avval xabar berganimizdek, kecha AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari b

26 Jul 17:57
 
70
0
qalampir.uz

Bayden Netanyaxuni G‘azo masalasi bo‘yicha tezroq sulh tuzishga chaqirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni imkon qadar tezroq o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishga chaqirdi. Bu haqda kecha, 25 iyul kuni Oq uyda e’lon qilgan bayonotda ma’lum qildi.  Bildirilishicha, Netanyaxu bilan uchrashuvda Bayden yana bir bor G‘azoda gumanitar yordamni ko‘paytirish va tinch aholi himoyasini yaxshilashga chaqirgan. “Yordam yetkazib berish yo‘lidagi barch

26 Jul 20:48
 
85
0
xs.uz

Obamalar Harrisni alqadi

Sobiq prezident Obama va sobiq birinchi xonim Mishel Obama qo'shma bayonotda Harrisning xarakteri va kuchiga ishonini qayd etishdi. Ular ushbu nomzodni qo'llash uchun qo'lidan keladigan barcha ishni qilishini aytdi.Obamalar Harrisning Kaliforniya Bosh prokurori, AQSH senatori va vise-prezidenti sifatida ishlagan faoliyatini alqagan.'U Bayden poygadan chiqqanidan buyon bir necha kun ichida mamlakat bo'ylab bir qator saylovoldi tadbirlarini o'tkazdi. 25-iyul kuni Xyustondagi Amerika o'qituvchilar