calendar 11 Jun 18:49
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Malavi vitse-prezidenti samolyot halokatida vafot etdi

image

Qutqaruvchilar Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima va uning to‘qqiz nafar hamrohlari bo‘lgan halokatga uchragan samolyot parchalarini topdi. Ularning barchasi halok bo‘ldi. Bu haqda Prezident ma’muriyati xabar berdi.

Samolyotning qoldiqlari radarlardan g‘oyib bo‘lganidan deyarli bir kun o‘tib topilgan. Malavi yetakchisi Lazarus Chakvera milliy motam kunini e’lon qildi va bugundan boshlab dafn marosimigacha barcha bayroqlarni tushirishni buyurdi.

Samolyot kecha, 10 iyun kuni poytaxt Lilongvedan havoga ko‘tarilganidan so‘ng g‘oyib bo‘ldi. Prezident Lazarus Chakvera o‘sha kuni qidiruv-qutqaruv operatsiyasini boshlashni buyurdi. Favqulodda vaziyat tufayli u Bagama orollariga safarini bekor qildi.

Ma’lumot uchun, Saulos Chilima 2014 yilning may oyidan beri Malavi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgandi. 2020 yilda u ushbu lavozimga qayta tayinlangan. U 2022 yilda britaniyalik-malavilik tadbirkor ishtirokidagi poraxo‘rlik bo‘yicha sud jarayonidan so‘ng vakolatlaridan mahrum qilingan. May oyida sud Chilimaga qo‘yilgan ayblovlarni bekor qildi.

Eslatib o‘tamiz, Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida 19 may kuni vertolyot halokatida prezident Ibrohim Raisiy vafot etgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 11:16
 
77
0
qalampir.uz

Bangladeshda norozilik namoyishlarida kamida 19 kishi halok bo‘ldi (video)

Bangladeshning Dakka, Narayanganj va Chitagong shaharlarida hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatida 500 dan ortiq kishi turli darajada jarohatlangan. Qurbonlar soni ortishi kutilmoqda. Mamlakat poytaxti Dakkada politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Bir qator hududlarga zirhli texnikalar kiritilgan, shaharda m

26 Jul 10:21
 
34
0
xs.uz

“Kelajakdan gapiramiz”: 2034 yilgi qishki Olimpiada ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endyinlari mezbonligi kutilmagan shaharga berildi

XOQ Parijdagi 142-sessiyasida shunday qaror qabul qilgan. Qayd etish kerakki, ushbu shahar avval ham, 2002-yilda, ushbu nufuzli turnirni qabul qilgan edi. Mezbonlikni qoʻlga kiritish uchun 'Yuta 2034' delegatsiyasiga Yuta gubernatori Spenser Koks, Solt-Leyk-Siti meri Erin Mendenxoll, AQSH Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Jean Sayks boshchilik qilishdi.Maʼmurlar dunyo sportchilarini Yuta shtatida kutib olishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Gubernator Koks bu turnirning qabul qi

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi. Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan u

26 Jul 10:19
 
26
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch