calendar 08 Mar 10:47
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Mushtum” faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi

image

Avvalroq, ko‘plab ijodkorlarning adabiyotga qadam qo‘yishida vosita bo‘lib xizmat qilgan, ulug‘ o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tomonidan tashkil etilib, 1923 yil 18 fevralda ilk soni chop etilgan hamda bugunga qadar o‘quvchilarning sevimli nashri bo‘lgan “Mushtum” jurnali iqtisodiy qiyinchiliklar sabab noma’lum muddatga to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik. Bu hol keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lishi ortidan bir kun ichida jurnal bilan bog‘liq muammolar hal qilinib, “Mushtum” o‘z faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda jurnal bosh muharriri, shoir Nosirjon Toshmatov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Muharrir jurnalning taqdiriga befarq bo‘lmagan va chin dildan qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘zining chuqur minnatdorligini bildirdi.

“Gapning ochig‘i, kechagi kunimiz bilan bugunimiz, jurnal taqdiri bir kechada 180 gradusga o‘zgarib ketdi. Shu kungacha iplar juda tarang tortilib kelayotgan edi, ammo odamlar befarq bo‘lmagani uchun hammasi ijobiy tarafga o‘zgardi”, deydi Nosirjon Toshmatov.

Ayni damda jurnalning mart oyi uchun rejalashtirilgan soni tayyorlanib, “Mushtum” 20 martga qadar obunachilar qo‘liga yetib borishi mo‘ljallanmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

09 Oct 18:10
 
20
0
xs.uz

Ikki hududda “valyutchik”lar qo‘lga tushdi

Xorazm va Samarqand viloyatlarida xorijiy valyutalarni noqonuniy ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan shaxslar qo'lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Departamentning Payariq va Qo'shrabot tumani bo'limi, viloyat IIB xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan fuqaro X.B fuqaro Yu.Q.ga 4 000 AQSH dollarini 50,9 million so'mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan u

09 Oct 12:39
 
20
0
xs.uz

Prezident yangi qaror imzoladi

'Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish; norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish ('Recognition of Prior Learning') tizimini joriy qilish; koʻni

09 Oct 12:39
 
19
0
xs.uz

Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti