calendar 07 Mar 20:31
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

image

Bosh vazir Abdulla Aripov farmoniga ko‘ra, Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini chiroyli tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turarjoylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish maqsadida joriy yil 16-18 mart kunlari "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xayriya hasharida "Mahallamga 10 tup daraxt - mening tuhfam" shiori ostida barcha turarjoy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos hamda sug‘orish tizimini hisobga olgan holda daraxt ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali aholiga bepul ko‘chat tarqatish va daraxt ekish ishlarini tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari 18 martda bo‘lib o‘tgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:34
 
36
0
xs.uz

Rossiya 45 nafar oʻzbekistonlik migrantni deportatsiya qiladi

Moskva yaqinidagi Pushkino shahrida 'Ozon' omborida oʻtkazilgan reyddan soʻng 120 nafar noqonuniy migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Ularning 45 nafari oʻzbekistonlik, deb xabar bermoqda 'Царьград'.Qayd etilishicha, politsiya joriy yilning 11-iyul kuni hujjatlarni tekshirish uchun bozor omboriga borganda 120 nafar ishchi Rossiyada noqonuniy boʻlib turgani maʼlum boʻlgan.Aniqlanishicha, migrantlarning 45 nafar Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib chiqqan, 29 nafari Tojikistondan, qo

09 Oct 12:39
 
21
0
xs.uz

Yangi korxona ishchilari 11 mln. soʻmgacha oylik maosh olmoqda

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Andijon tumanidagi 'Everest bazalt' korxonasi faoliyatini boshlaganiga hech qancha vaqt boʻlgani yoʻq. Shunday boʻlsa-da, uning mahsulotlariga xaridorlar bisyor.' Eng muhimi, ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ' deydi korxona xodimi Sanjarbek Haydarov. ' Oylik maoshimiz esa 4,5 mln. soʻmdan 11 mln. soʻmgachani tashkil etmoqda.Darhaqiqat, 10 mln. AQSH dollariga teng loyiha asosida barpo etilgan ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida 150 ta

20 Sep 00:21
 
21
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi

Ostona shahriga tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari hamda Germaniyaning ilgʻor kompaniya va banklari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.Tadbirda Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

24 Aug 17:26
 
27
0
xs.uz

Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarboyjon birinchi xonimi bilan uchrashdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Ozarboyjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva bilan uchrashdi. Bu haqda u oʻzining Telegramʻdagi kanaliga yozib qoldirdi.'Birgalikda Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazi qoshidagi 'Mehrli maktab' shifoxonasiga, Oʻzbekiston xalq rassomi Akmal Nur suratlari koʻrgazmasiga bordik, milliy liboslarning ajoyib namoyishini tomosha qildik.Madaniy-gumanitar aloqalar va mushtarak a