INNO oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida “Xotin-qizlar kubogi” musobaqasi oʻtkazildi

Jumladan, hozirgi paytda Oʻzbekiston Paralimpiya terma jamoalari aʼzolarining 40 foizini ayollar tashkil etadi. Ayniqsa, para yengil atletika, para pauerlifting, para taekvondo, para suzish, para dzyudo kabi sport turlarida oʻzbekistonlik ayollar yuqori oʻrinlarni egallab kelishmoqda.
2021-yil Tokioda boʻlib oʻtgan XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 10 nafar ayol para sportchi gʻolib va sovrindor boʻldi. Bu esa Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan qoʻlga kiritilgan jami medallarning 60 foizini tashkil qiladi.
Guljanoy Naimova, Roʻza Qoʻziyeva, Shaxnoza Mirzayeva, Mohigul Hamdamova, Nurxon Qurbonova, Asila Mirzayorova, Sofiya Burxanova kabi ayol para sportchilarning xalqaro arenalarda qoʻlga kiritayotgan yutuqlari Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan ayollarga motivatsiya berib, ularni Paralimpiya sport turlariga jalb etishda naʼmuna boʻlib xizmat qilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yurtimizda nogironligi boʻlgan ayollar oʻrtasida Paralimpiya harakatini yanada ommalashtirish, ularni para sport turlariga keng jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamkorligida 8-mart ' Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan joriy yilning 4-mart kuni poytaxtimizda joylashgan INNO oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida 'Xotin-qizlar kubogi' musobaqasi oʻtkazildi. Anʼanaviy tarzda tashkil etilgan turnirda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 100 nafarga yaqin kar va zaif eshituvchi, tayanch harakat aʼzolari shikastlangan va aravachada harakatlanuvchi hamda zaif koʻruvchi va koʻzi ojiz xotin-qizlar sportning para shaxmat hamda para stol tennisi turlari boʻyicha oʻzaro gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.
Musobaqa yakunida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan xotin-qizlar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom, medal, kubok hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqada qatnashgan barcha ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, ushbu tadbir doirasida 'Matonat marafoni' ham oʻtkazildi. Unda oʻz sohalarida yuqori natijalarga erishgan nogironligi boʻlgan xotin-qizlar musobaqa ishtirokchilariga oʻzlarining muvaffaqiyat yoʻllari haqida soʻzlab berishdi.
Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'
Akbar Jo‘rayev mutlaq Osiyo chempioni!
Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo'rayev yana bir bor yuksak mahorat ko'rsatib, barcha yo'nalishda eng yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu dasturda Jo'rayevdan keyingi natijani ko'rsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi o'r
Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi
Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b
Eldor Shomurodov “Roma”dan ketishi deyarli aniqlashdi. Uning keyingi klubi nomi ham maʼlum
Oʻzbekiston terma jamoasi sardori va Italiyaning 'Roma' klubi hujumchisi Eldor Shomurodov kelasi mavsum Turkiya Superligasida toʻp surishi mumkin. 'Gazetaarena' nashrining yozishicha, 29 yoshli futbolchiga Istanbulning 'Bashakshehir' klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga koʻra, aynan ushbu klub Shomurodovni oʻz safiga qoʻshib olishga eng yaqin turibdi.Turkiyalik insayderning 'Sporte Digitale' nashriga bergan intervyusida aytilishicha, 'Bashakshehir' klubi Eldorga rasmiy taklif yuborgan
Magnus Karlsen, Xikaru Nakamura, Fabiano Karuana… Yurdoshimiz nufuzli shaxmat turnirida ishtirok etadi
Tashkilotchilar maʼlumotiga koʻra, turnirda dunyo shaxmatining eng kuchli va taniqli shaxmatchilari ishtirok etadi. Ular quyidagilar:Magnus Karlsen (Norvegiya)Xikaru Nakamura (AQSH)Arjun Erigaysi (Hindiston)Fabiano Karuana (AQSH)Nodirbek Abdusattorov (Oʻzbekiston)Uesli So (AQSH)Levon Aronyan (AQSH)Lenyer Dominges (AQSH)Parxam Magsudlu (Eron)Yan Nepomnyashiy (Neytral maqomdagi sportchi)Vinsent Kaymer (Germaniya)Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston).Turnirda ishtirok etadigan yana uch nafar shaxm