calendar 07 Mar 20:14
eye 88
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonlik para pauerliftingchi Ruxshona Oʻktamova jahon va Osiyo rekordini yangiladi

image
Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklaring Dubay shahrida para pauerlifting boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Xususan, bugun Jahon kubogi doirasida yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda hamyurtimiz Ruxshona Oʻktamova (-55 kg) yakkalikda 102 kg, umumiy hisobda 199 kg ogʻirlikni boʻysundirib, 2 ta oltin medalga sazovor boʻldi. Eʼtiborlisi, Ruxshona ushbu natijasi bilan yoshlar oʻrtasida Osiyo va jahon rekordini oʻrnatdi. Bundan tashqari, u jahon reytingda 8-oʻringa koʻtarilib olib, 'Parij-2024' yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritish uchun muhim qadam tashladi.

Vakilimiz Aqidaxon Axtamova (-50 kg) yakkalik bellashuvlarida 103 kg natija bilan kumush, umumiy natijaga koʻra 301 kg natija bilan oltin medalga sazovor boʻldi. Roʻza Qoʻziyeva (-73 kg) esa yakkalikda 120 kg natija bilan bronza, umumiy natijaga koʻra 345 kg natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Erkaklar oʻrtasida Husniddin Usmonov (-88 kg) yakkalikda 206 kg natija bilan bronza, umumiy natijalarga koʻra esa 612 kg natija qayd etgan holda oltin medalga sazovor boʻldi.

Yakkalik bellashuvlarida Farhod Umrzoqov (-97 kg) 217 kg, Ilhom Halimov (-107 kg) 221 kg ogʻirlikni boʻysundirib bronza medallariga egalik qildi.

Musobaqa davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
150
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

17 May 21:48
 
608
0
xs.uz

Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi

08 Jun 02:27
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj

Gʻolib futbolchilarimiz yurtimizga qaytib keldiKuni kecha futbol boʻyicha jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turida muhim natijani qayd etgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hukumat aʼzolari, sportimiz mutasaddilari, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari hamda soha fidoyilari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.Yuzlari yorugʻ, xalqimiz ishonchini oqlagan futbolchilarimiz birin-ketin koʻrinish berib, aeroportdan chiqib kel

13 Jun 00:40
 
41
0
xs.uz

“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri