Lavanda oʻsimligini Xatirchida yetishtirish va qayta ishlash loyihalari muhokama qilindi
' Lavanda parfyumeriya sanoati uchun qimmatli xom ashyo sanalib, tarkibi 1,2 ' 2,3 foizga qadar efir moyiga ega boʻlgan butasimon oʻsimlik, ' deydi soha faxriysi Ahmadjon Islomov. ' Shu bilan birga ushbu oʻsimlikning Xatirchi iqlimi uchun xos bir qator xususiyatlari mavjud. Eng avvalo, u suvsizlikka chidamli boʻlib, yil davomida sugʻorish shart emas. Oʻsimlik qurgʻoqchilikka chidamliligi bilan birga 30 darajagacha sovuqqa ham dosh bera oladi. Shuningdek, bir marta ekilgan koʻchatlardan 30-yilgacha hosil olish mumkin. Undan olinadigan bir litr yogʻ esa dunyo bozorida 20 -100 dollar miqdorida baholanadi.
Lavandaning xushboʻy hidi tushkunlikdan xalos boʻlishda samarali vosita. Uning guli va bargidan ham xushboʻy va shifobaxsh choy tayyorlash mumkin.
Seminarda mazkur loyihalarni kelgusida amalga oshirish boʻyicha qiziqish bildirgan tadbirkorlar va fermer xoʻjaliklari tomonidan hamkorlikdagi rejalar belgilab olindi.
Elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotganiga munosabat bildirildi
'Hududiy elektr tarmoqlari' ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotgani toʻgʻrisida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.Tarmoqlarda ayrim isteʼmolchilarda shunday holatlar kuzatilib, tuman elektr tarmoqlariga borib aniqlik kiritilganda, oʻtgan yillar mobaynida qolib ketgan qarzdorlik sifatida tushuntirilgani toʻgʻrisida videoxabarlar tarqalgan.'Hududiy elektr tarmoqlari' holat yuzasidan qoʻshimcha axborot berilishini maʼlum qiladi.
Oʻzbekistonda koʻproq pensiya olish uchun nimalar qilish kerak?
Pensiya jamgʻarmasi fuqarolarga pensiyani rejalashtirish boʻyicha tavsiyalar berdi.Jamgʻarma hozirda aksariyat odamlar oʻz kelajagiga eʼtiborsiz qarab, pensiya yoshiga yetganda afsuslanib qolayotganini maʼlum qildi. Buning asosiy sababi ish stajini yetishmasligi, oylik maosh miqdorining kamligi bilan izohlanadi.Jamgʻarma fuqarolar oʻzi uchun qulay va moliyaviy barqaror keksalikni taʼminlashda imkon qadar erta harakat boshlash lozimligini eslatdi.'Pensiyani rejalashtirish moliyaviy rejal
UMR – TEZLIKDAN MUHIMDIR
Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tumanida yo'l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan mazkur hududda joylashgan mahalla, tashkilot va aholi gavjum joylarda profilaktik suhbat tashkil etildi. “Umr – tezlikdan muhimdir” shiori ostida bo'lib o'tgan ushbu tadbirda yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi haydovchilarga mamlakatimizda sodir etilgan yo'l-transport hodisalarining tafsilotlari haqida ma'lumotlar berilib, ularning ayanchli oqibatlari muhokama qilindi. Shuning
Xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati eʼlon qilindi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,96 soʻmga koʻtarildi va 12 634,00 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 23,61 soʻmga oshib, 13 710,42 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2, 51 soʻmga koʻtarilib, 148,62 soʻmni tashkil qildi.