Mukofot har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 2 nafardan talabgorlarga beriladi.
Mukofotni olish uchun talabgor soʻnggi 3-yil mobaynidagi ibratli faoliyati, oʻz sohasidagi va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Mukofot sovrindorlari agar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarining oʻquvchilari boʻlsa, bakalavriatga, bakalavriat talabalari boʻlsa, magistraturaga tegishli yoʻnalish va ixtisoslik boʻyicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, Mukofot sovrindorlariga BHMning 50 baravari (17 mln soʻm) miqdorida pul mablagʻlari beriladi.
Qoraqalpogʻistondagi ikkita oliy taʼlim muassasasi oʻz faoliyatini tugatadi, ammo…
Prezidentning 'Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida'gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangi Nukus davlat texnika universiteti faoliyatiga asos solindi. Gap shundaki, ushbu oliy taʼlim muassasasi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda.Universitetning asosiy vazifalariga sanoat, texnika-te
Shavkat Mirziyoyev “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi
Davlatimiz rahbari 'Lukoyl' kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni 'Lukoyl' kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi.Uchrashuvda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasining Oʻzbekiston energetika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini oʻ
Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Prezidentning 2025-yil 24-yanvardagi qaroriga koʻra, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan toʻqimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.Bu qaror hududda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ishlab chiqarish korxonalari bilan sanoat hamkorligini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan.Yangi universitet muhandislik, qurilish, toʻqimachilik, axborot
Sergelidagi bogʻchada 2 yoshli bola kaltaklandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Sergeli tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasasida bola kaltaklanishi va natijada uning oyogʻi sinishi haqidagi video keng muhokamalarga sabab boʻldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi va mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.Aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, 22-yanvar kuni bogʻchaning tarbiyachi yordamchisi Y.M. (1997-yilda tugʻilgan) xarxasha qilayotgan ikki yoshli S.A. ismli bolani tinchlantirish m