calendar 15 Jun 18:32
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yana bir guruh “ko‘cha bolalari”ning sudi boshlandi

image

2023 yilda, “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qo‘lga olingan Saidahmadxon Mahmudxo‘jayev va uning guruhida bo‘lgani aytilayotgan 10 kishining ishi yuzasidan sud boshlandi. 

Kecha, 14 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ishga sudya Sanjar Qo‘chqorov raislik qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu guruhdan jabrlanganlar soni 5 nafar.

Dastlab qo‘lga olinganida Jinoyat kodeksining 276-moddasi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi aytilgan Saidahmadxon Mahmudxo‘jayev bugunga kelib, 6 ta modda bilan ayblanmoqda. 

Ular: Jinoyat kodeksining:

  • 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi;
  • 164-modda (Bosqinchilik) 4-qismi “a” bandi, “v” bandi;
  • 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi, “v” bandi;
  • 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi;
  • 242-modda (Jinoiy uyushma tashkil etish) 1-qismi;
  • 273-modda (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi. 

Shuningdek, Mahmudxo‘jayevning guruhida ekani aytilayotgan:

  • Abdullayev Axror Ravshan o‘g‘liгa JKning 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi, 273-modda (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi; 
  • Salimbekov Azamat Avazjonovich va Umarov Dilmurod Rustamovichlar JKning 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi, 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandi; 
  • O‘roqov Abdunazar Saidnazarovich hamda Nasirov Baxtiyor Sharifovich JKning 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi;
  • Tursunov Sarvar Soyibjon o‘g‘li va Ahmedov Shohrux Qayumjon o‘g‘li JKning 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi, 164-modda (Bosqinchilik) 4-qismi “a” va “v” bandi, 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandi;
  • Umarov Avaz Rahimovich hamda Umarov Oybek Avaz o‘g‘li JKning 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi, 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandi, 168-modda (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi;
  • Erkinov Fozil Iskandar o‘g‘li JKning 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi, 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi, “v” bandi, 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi bilan ayblanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Dolzarb 40 kunlik” tezkor tadbirlari davomida qo‘lga olingan Baxtiyor Qudratullayev hamda Saidaziz Saidaliyevning sud ishi boshlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 11:52
 
95
0
xs.uz

“Andijon—Xonobod” poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

' Prezidentimiz joriy yilda Andijonga tashrifi chogʻida 'Andijon'Xonobod' yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq bergan edi, ' deydi viloyat 'Nuroniylar' uyushmasi rahbari Oʻktamjon Oxunov. ' Navroʻz bayrami arafasida 'Qoʻqon'Andijon' yoʻnalishida harakatlanuvchi poyezd oʻz qatnovini 'Andijon'Xonobod' yoʻnalishi boʻyicha ham davom ettira boshladi. Qoʻshimcha harakatning joriy etilishi ichki sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Andijon

26 Jul 10:20
 
26
0
qalampir.uz

Toshkentda hijob kiyib yurgan erkak qamaldi

Kecha, 23 iyul kuni Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak aniqlangandi. Bugun, 24 iyul kuni mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqildi va erkakka nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq hamda 3,4 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Sud majlisida huquqbuzar erkak o‘z ko‘rsatmasida, haqiqatdan h

24 Aug 17:26
 
10
0
xs.uz

Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. 23-27-avgust kunlari Samarqand shahrida 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans poydevori' xalqaro kongress doirasida 'Yangi Renessans: Merosni saqlashda kino va medianing oʻrni' TURKSOY xalqaro forumi oʻtkazildi.Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida ta

26 Jul 18:20
 
67
0
qalampir.uz

Namanganda tuman obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Namangan viloyati Kosonsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirgan 28 ta tender savdolarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Qayd etilishicha, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yilda 15 ta boshlang‘ich narxi 970 million so‘mga yaqin va 2024 yil I-yarim yillik holatiga 13 ta 1 milliard 356 million so‘mlik tender savdolarida buyur