“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

Bola huquqlari boʻyicha vakil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5-yil muddatga saylanadi.
Qonun bilan, bola huquqlari boʻyicha vakilning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari belgilab qoʻyildi, jumladan:
mansabdor shaxslarga bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi haqida ogohlantirishlar yuborish;
davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
harakatlari yoki harakatsizligida bola huquqlari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli organlarga iltimosnomalar kiritish huquqiga ega.
Vakil har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay Oliy Majlis palatalariga bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilish holati haqida maʼruza taqdim etadi.
Vakil bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish boʻyicha choralar koʻradi.
Bola huquqlari boʻyicha vakil oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilini tayinlaydi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida 'Keksalar reyestri'da turuvchi shaxslarga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga biriktirilgan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha '0' balldan '62' ballgacha baholangan 5 nafar shaxs ushbu xizmat turidan foydalanmoqda.'Keksalar reyestri', keksalar uchun uyda t
O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa
Turkiyalik fuqaro murojaati sababli “Uzbekistan Airways”ga chora koʻrildi
Unga koʻra, Turkiya fuqarosi Qoʻmitaga murojaat qilib, aviakompaniyaning Anqara-Toshkent reysida yoʻlovchining sogʻligi uchun muhim boʻlgan maxsus (glyutinsiz) ovqat yetkazib bermaganligini bildirgan. Yoʻlovchi chipta sotib olish chogʻida oʻz sogʻligʻi bilan bogʻliq vaziyatni oldindan aviakompaniya bilan kelishib olgan va aviakompaniya ushbu maxsus ovqat reysda taʼminlanishini kafolatlagan boʻlgan. Biroq, parvoz kuni bu talab bajarilmagan.Bundan tashqari, murojaatda samolyot salonin
Issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi
Joriy yildan boshlab tomorqadan foydalanish boʻyicha yangi tizim ishlamoqda. Masalan, Asaka tumani Otash mahallasidagi 810 ta xonadondan 805 tasida issiqxona bor, ularda yiliga 3-marta hosil olinayapti. Xuddi shunday, Obod mahallasidagi 922 ta xonadon egalari issiqxonalardan samarali foydalanyapti.Viloyatdagi qolgan 907 ta mahallada ham bu tajribadan unumli foydalanish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga Asakadagi mahallalarga arzon urugʻ va mineral oʻgʻit yetkazib berish tizimini butun re