calendar 07 Mar 20:12
eye 58
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarni ulug‘lashdan boshlanadi

image
Marosimda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ayollarga samimiy mehri va hurmatini izhor etdi.

' Biz har yili bu kunni intiqlik, qalbimizda ajib iliqlik bilan kutamiz. Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, moʻtabar ayol zotiga ta'zim qilamiz. Zero, inson qadrini ulug'lash avvalo azizu mukarrama ayollarimizni ulug'lashdan boshlanadi, ' dedi Prezident.

Mamlakatimizda bu maqsad yo'lida ko'p ishlar qilinmoqda. Jumladan, 'O'zbekiston ' 2030' strategiyasi doirasida xotin-qizlarning faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu barcha sohalarda namoyon. Masalan, siyosiy sohani olsak, saylov kodeksimizda deputatlikka nomzodlarning kamida 40 foizi yoki har 5 nafaridan 2 nafari ayol kishi bo'lishi zarurligi belgilangan. Hozirgi vaqtda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 2017 yildagi 27 foizdan 35 foizga oshgan.

Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ular o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha ham salmoqli natijalarga erishilmoqda. So'nggi 5 yil ichida O'zbekistonda ishbilarmon ayollar safi ikki baravar kengayib, o'z biznesini yo'lga qo'ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 205 mingdan oshdi. Shuningdek, 200 mingga yaqin ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitildi. 400 mingdan ko'pi ish bilan ta'minlandi.

Kelajak tarbiyachilari bo'lmish qizlar kamolotiga katta ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda oliygohlarda ta'lim olayotgan 1 million 300 ming nafarga yaqin talabaning yarmidan ko'pini qizlar tashkil etmoqda. Ehtiyojmand oilalarga mansub xotin-qizlar qo'shimcha davlat granti bo'yicha o'qishga qabul qilinmoqda. Ular uchun imtiyozli ta'lim kreditlari ajratish, ijtimoiy himoyaga muhtojlarning kontrakt pulini qoplab berish yo'lga qo'yilgan.

Yurtimiz xotin-qizlari ilm-fanda ham katta natijalarga erishmoqdalar. So'nggi yetti yilda 5 ming 247 nafar ayollar ilmiy darajalar olgan. 'Bir million dasturchi' loyihasi doirasida ta'lim olgan yoshlarning 47 foizini qizlar tashkil etgan.

' Qanchalik qiyin bo'lmasin, biz qo'shimcha imkoniyat topib, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, xotin-qizlarimizning o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishlari uchun sharoit yaratmoqdamiz va bu ishlarimiz albatta davom etadi. Chunki ayollarning, xususan, qiz bolaning o'qib, oliy ma'lumotli bo'lishi, kasb-hunar egallashi oila baxti, farzandlar kamoli uchun, shu asosda butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi, ' dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili davlat dasturida belgilangan, xotin-qizlarning sog'lig'ini mustahkamlash, bandligini ta'minlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan vazifalarga to'xtalib o'tdi.

Bu borada Senat Raisi boshchiligida maxsus komissiya tuzilib, xotin-qizlarni kasb-hunarga o'qitish, bandligini ta'minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo'yicha ishlar mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil qilinadi.

Viloyat, tuman, shahar hokimlari, hokimliklarning xotin-qizlar ishlari bo'yicha o'rinbosarlari hamda faol ayollar Komissiya bilan birgalikda joriy yilda 9 442 ta mahalladagi 580 mingga yaqin ishsiz ayollarning bandligini ta'minlashga mas'ul etib belgilanadi.

Umuman, bir oy muddatda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo'yicha alohida dastur qabul qilinib, loyihalarni amalga oshirish uchun 15 trillion so'm ajratiladi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniyadan 100 million dollar grant jalb qilinadi.

O'zbekiston mahallalari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari, 'mahalla yettiligi' tarkibidagi xotin-qizlar faollari ayollarga ko'makchi, oilaviy masalalarda yaqin sirdoshi bo'lishi lozimligi ta'kidlandi.

Ayol zoti uchun eng ulug'i - onalik baxti. Yurtimiz aholisi har yili qariyb 900 mingga ko'paymoqda. Ularni jismoniy va ma'naviy barkamol etib, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muqaddas burch.

Shu ma'noda, davlatimiz rahbari barcha ayollarga murojaat qildi.

' Biz ma'naviy tarbiya ishlarini endi mutlaqo yangicha usulda olib borishimiz kerak. 'Ezgulik ' shiorimiz, ma'rifat ' qurolimiz' degan g'oya asosida bu jarayonni avvalo oiladan, mahalladan boshlashimiz lozim. Zotan, hadisi sharifda aytilganidek, 'Ota-ona o'z farzandiga yaxshi tarbiyadan boshqa meros qoldirolmaydi'. Muhtarama opa-singillarimiz, duogo'y onaxonlarimizning mas'uliyati ' aynan ana shu masalalarda yaqqol namoyon bo'ladi, ' deya ta'kidladi Prezident.

Mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e'tibor xalqaro miqyosda e'tirof etilmoqda. Jahon bankining kuni kecha e'lon qilingan indeksida O'zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi. Joriy yilda yurtimiz yana bir yirik anjuman ' Osiyo xotin-qizlar forumiga mezbonlik qiladi.

Prezidentimiz bayram tadbirida qatnashayotgan xorijiy davlatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlar vakilalarini ham samimiy qutladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 martdagi qaroriga binoan esa 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan, 5 martdagi farmonga muvofiq turli sohalarda faol bo'lgan ayollar orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan xotin-qizlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakilalari fayzli dasturxon atrofida bayramni nishonladi.

Bayram tantanali konsert dasturi bilan davom etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
24
0
xs.uz

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Oʻzbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boshlandi

Davlatimiz rahbari koʻp millatli xalqimizni bugungi ulugʻ ayyom bilan chin qalbdan tabriklab, barchaga oʻzining yuksak hurmati, ezgu tilaklarini izhor etdi.'Mana shu hayajonli daqiqalarda hammamiz milliy istiqlolimiz naqadar bebaho neʼmat ekanini, uning tarixiy ahamiyatini yanada chuqur his etmoqdamiz.Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. Oʻzbekiston yangi tarixiy davrga qadam qoʻydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egalladik. Bu bilan

24 Aug 17:26
 
30
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Koʻksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdilar.Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini aloh

08 Sep 16:44
 
25
0
xs.uz

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistondagi suv havzalarida tartib oʻrnatmoqchi

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mamlakatdagi suv havzalarida motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirishiladi. Bu haqda 'Lex.uz' xabar berdi.Qayd etilishicha, 2025-yilning 1-mayidan boshlab tabiiy va sunʼiy suv havzalarida faqat tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan (harakatlanish maksimal tezligi 40 kilometr/soatdan oshmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno), GPS uskunasi oʻr

25 Sep 13:14
 
14
0
xs.uz

Prezident kasb-hunar taʼlimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni kasbiy taʼlimni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.Bu haqda shu yil 5-fevral kuni ijtimoiy sohalar boʻyicha boʻlib oʻtgan vidoselektor yigʻilishida vazifa qoʻyilgan edi. Oʻtgan vaqt mobaynida tizimning samaradorligi tanqidiy oʻrganilib, qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.Hozirgi kunda professional taʼlim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texn