Issiq suv quvuri oʻrniga sovuq suv quvuri, sifatsiz qurilishlar, avariya holatidagi transformatorlar... Samarqandda “Ochiq byudjet”da yutilgan loyihalarga ajratilgan mablagʻlar talon-taroj qilindimi?

Xususan, 'Yuksalish' harakati Samarqand viloyati boʻlinmasi bilan birgalikda jamoatchilik vakillari ishtirokida Samarqand viloyati hokimining 2023-yil 13-martdagi 83-7-0-Q/23-sonli qarori bilan tasdiqlangan 'Hududiy dastur'ning 118-bandida belgilangan 2023-yilda aholi tomonidan taklif berilgan suv, elektr energiyasi, yoʻl, maktab kabi yoʻnalishlar, shuningdek, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish, bunda, ajratilgan mablagʻlar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan jamoatchilik monitoringi amalga oshirildi.
Monitoring davomida Samarqand shahridagi 24-umumtaʼlim maktabida qurilish va taʼmirlash ishlarni amalga oshirish ishlari 'Ochiq byudjet' axborot portali orqali 2023-yilning 2 mavsumida boshlanishi belgilangan. Shu asosda maktab atrofini 600 metr devor bilan oʻrash, sport zal va faollar zallarida issiqlik tizimi oʻrnatish, boshlangʻich sinflar uchun 10 ochkoli hojatxona qurish, oshxona va omborxonada qoʻshimcha xonalar qurish, sport zalning kiyinish xonalarni taʼmirlash, maktab binosi fasad qismini taʼmirlash va hovlisida 500 m/kv plitka terish (quyosh panel oʻrnatish bilan) buyurtmachi tashkilot 'Yagona buyurtmachi xizmati' DUK va pudratchi tashkilot 'MINOR AGRO QURILISH MCHJ' tomonidan shartnoma boʻyicha loyiha qiymati 1 milliard 140 million soʻmlik ishlar bugungi kungacha toʻlaqonli topshirilmagan. Bajarilgan ishlarda ham kamchiliklar koʻpligi maʼlum boʻldi.
Xususan, loyihada maktab boshlangʻich sinflar uchun 10 ochkoli hojatxona qurish belgilangan boʻlsa-da, mablagʻ yetmaganligi sababli barpo etilmagan. Maktab oshxonasida oʻrnatilgan yangi isitish tizimi yaqindagina topshirilgan boʻlishiga qaramasdan plastmassa suv quvurlari qiyshayib qolgan. Bunga sabab issiq suv uchun moʻljallangan joyga sovuq suv uchun moʻljallangan plastmassa suv quvurlari oʻrnatib ketilgan.
' Shuningdek, taʼmirlash ishlar olib borilgan sinflarning devorlari mogʻorlab yotibdi. Isitish tizimlari turli oʻlchamlarda sifatsiz oʻrnatilgan, yoʻlaklarga terilgan plitkalar atrofi ochiq, issiq-sovuqda ochilib ketgan, ' deydi 'Yuksalish' harakati Samarqand viloyati boʻlinmasi rahbari Elyor Hamrayev. ' Katta umidlar bilan oʻrnatilgan koʻrinishidan yangi 2 ta qozonxona pechlari mutlaqo yaroqsiz, ulardan suv oqib yotibdi. Maktab oʻqituvchilari tomonidan 2, 3 marotaba payvandlab qoʻyilgan. Ammo foydasi boʻlmagan. Yaqindagina topshirilgan ushbu loyihada shuncha kamchiliklar. Vaholanki, loyiha qabul qilinayotganda mutasaddilarning hammasi risoladagidek, deyishganiga qanday qarash kerak?!
Samarqand shahridagi 35-umumtaʼlim maktabi hududini obodonlashtirish, asfalt qilish hamda sportzal binosida issiqlik tizimini va barcha sinf xonalarida zamonaviy eshik romlar hamda quyosh panellari oʻrnatish pudratchi tashkilot 'ABDUMANNON NUX-OQDARYO XK' korxonasi tomonidan 950,0 million soʻmlik loyiha doirasidagi ishlar 2023-yilning 2 mavsumida boshlangan boʻlsa-da, bugungi kungacha bu yumushlar toʻlaqonli topshirilmagan. Maktab oʻquvchilari bugungi yogʻingarchilik kunlarida maktab hovlisidagi loy kechib yuribdi.
' Shuningdek, maktab binosining hovli qismidagi gulxonalar atrofiga qoʻyilgan betonlar yorilib, yiqilish holatiga kelib qolgan, ' deydi Elyor Hamrayev. ' Binoga yangi oʻrnatilgan ayrim eshiklarning oynalari qoʻyilmagan, asosiy bino oldida loyiha boʻyicha qurilayotgan zinada nogironligi bor fuqarolar uchun pandos qurilmagan va ishlar hech qanday sabablarsiz choʻzib kelinmoqda.
Navbogʻchiyon MFYda joylashgan 73-umumtaʼlim maktabi hududidagi 2 ta transformatorning simyogʻochlari esa yaroqsiz boʻlib, avariya holatiga kelib qolgan. Maktab direktorining bildirishicha, ushbu holat yuzasidan koʻp marotaba shahar elektr tarmoqlari korxonasiga maʼlum qilingan. Afsuski, masʼullar bu holatga panja ortidan qarashda davom etmoqda.
Bundan tashqari Navbogʻchiyon MFYdagi Navbogʻchiyon-1, Gumbaz, Durdona, Uzumzor, Oʻzbekiston, Navbogʻchiyon, Ipakchi, Shohimardon va Boʻzi koʻchalariga 250 ta elektr beton ustunlar, 4 ta transformator va 20 000 metr elektr simlari oʻrnatish uchun 800,0 million soʻm shartnoma qiymati boʻyicha 'Ochiq byudjet' axborot portali orqali 2023-yilning 2 mavsumida gʻolib boʻlgan. Ushbu mahallada ishlar haligacha boshlanmagan.
Navbogʻchiyon MFYdagi elektr tarmoqlarining bugungi kundagi holati oʻrganilganida ushbu mahalla faollarining mazkur loyihaga jiddiy eʼtibor qaraganligi bejizga emasligini koʻrish mumkin.
Mahallaning qoq oʻrtasidan bir emas, ikki emas, uchta magistral, katta kuchlanishli simyogʻochlar oʻtgan. Ularning simlari aholining mevali daraxtlari shoxlariga tegib turibdi. Katta serqatnov yoʻl yoqasida esa hech qanday muhofaza qilinmagan 2 ta transformator bugungi kunda aholiga xizmat qilib kelmoqda. Juda ham achinarlisi shundaki, yoʻl yoqalaridagi simyogʻochlar eskirib koʻpchiligi xavfli koʻrinishga kelib qolgan.
Bulardan koʻrinib turibdiki, ushbu loyihalar yo oʻz ishining ustalariga topshirilmagan, yo mablagʻlar talon-taroj boʻlgan. Umid qilamizki, ushbu holatlarni tegishli tashkilotlar xolis oʻrganib, tegishli chora tadbirlar koʻriladi. 'Xalq soʻzi' bu mavzuga yana qaytadi.
Diqqat: Endi avtomobillar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar “Road 24” ilovasi orqali tekshirilmaydi
Endilikda haydovchilar shaxsiy avtotransport vositalari bilan bogʻliq maʼlumotlarni 'Road 24' mobil ilovasi orqali bila olmaydilar. Bu haqida YHXX axborot xizmati boshligʻi Zoyir Yoʻldoshov maʼlum qildi.Bildirilishicha, 'Road 24' mobil ilovasi hamda YHXX oʻrtasidagi yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi batamom toʻxtatilgan.Shuningdek, endilikda haydovchilardan 'Safe Road YHXX' ilovasini yuklab olish orqali shaxsiy avtomobili
Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
Oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Hukumatning Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi'nizomida soʻz boradi.Hujjatga koʻra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Oʻzlashtirishi ushbu koʻrsatkichdan past boʻlgan talabalarning taʼlim grant
Misrda Mahmud Koshg‘ariyning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endDevonu lug‘otit turkhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end asari arab alifbosida qayta chop etildi
Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi ma'lum qildi.Xabarga ko'ra asarning qo'lyozma nusxasida turkiy so'zlar bo'g'inlar va harflar soni asosida saralanganligi bois yosh tadqiqotchilar uchun qiyinchilik tug'dirayotgan edi. Ushbu noyob kitobning tizimlashtirilgan nashri O'zbekiston va boshqa turkiy hamda arab davlatlaridagi yirik universitetlar va kutubxonalarga yetkaziladi. Rangli qog'ozda chop etilgan kitob muqovasida Mahmud Koshg'ariyning dunyo xaritasi aks ettirilgan. Kitobxonlar mazkur asar tarj
Shu yilning oʻzida 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi
Endilikda shu yilning oʻzida yana 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida'maʼlum qilindi.Yaqinda 'Uzagro-star' xolding kompaniyasi tashkil qilindi. 9 ta bank ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 16 ta kompaniya ochdi.Bu kompaniyalar har b