calendar 07 Mar 20:11
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda “zamhokim”ning ukasi xotinini o‘ldirib, murdasini ikki “Kamaz” tuproqqa bostirgani aytilmoqda

image

Surxondaryo viloyatida 34 yoshli ayol eri tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Obikor mahallasida yashovchi fuqaro 1990 yilda tug‘ilgan qizi, 3 nafar farzandning onasi T.F.ning fojiali o‘limi haqida yozib, “Ezgulik” jamiyatiga murojaat qilgan.

Uning yozishicha, joriy yilning 6 fevral kuni qizi T.F. to‘satdan yo‘qolib  qolgan va shu yilning 1 mart kuni uning jasadi Boysun tumani Dashttig‘oz mahallasi yaqinidagi jarlikdan topilgan. Otaning ta’kidlashicha, qizi chuqurlikka ko‘milgan va ustidan ikki “Kamaz” tuproq tortilgan.

Marhumaning eri A.Q. qotillikni bo‘yniga olgan. U Surxondaryo viloyati IIB tomonidan odam o‘ldirishda ayblanmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchining akasi Alisher Amirov Surxondaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlaydi. Aytilishicha, Amirov kelinining o‘limidan ko‘p o‘tmay, murojaatchining mahallasiga kelib, u yerda yo‘llarga tosh va asfalt yotqizish ishlarini boshlashga kirishgan. Farzandidan ayrilgan ota esa ukasi odam o‘ldirgan bu amaldorning “hotamtoy”ligini ko‘ngliga qattiq olib, shuncha vaqtdan beri asfalt ko‘rmagan qishloq aslicha qolaversin, deb yo‘lsozlarni quvib solgan.

Shuningdek, marhumaning otasi qudasi u bilan qasdlashgani, bir necha marta unga o‘ldirish bilan tahdid qilgani, qizining o‘limi butun boshli oila tomonidan uyushtirilganini iddao qilgan. 

Ma’lumot uchun, Alisher Amirov 2023 yilning oktyabr oyida Surxondaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida profilaktika inspektorlari qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir etilganini ko‘ra-bila turib, hech qayerga ma’lum qilmasdan, jinoyatni yashirgani aniqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
22
0
xs.uz

“Sharaf yorligʻi”: ota-onalar mehnatining oʻziga xos eʼtirofi

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlangʻich tashkilotining tashabbusi bilan 'Dolzarb 90 kun' tadbirlari doirasida 'Sharaf yorligʻi' loyihasi amalga oshirilayotir. Ushbu loyihaga koʻra eng faol, namunali, tashabbuskor talabalarning uylariga 'Ushbu xonadonda Guliston davlat universitetining eng namunali talabasini tarbiyalagan muhtaram ota-ona istiqomat qiladi' degan mazmundagi 'Sharaf yorligʻi' oʻrnatilmoqda.' Talabaning har jih

08 Jun 02:26
 
29
0
xs.uz

Toshkent va Pusan shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

Janubiy Koreyaning Pusan shahriga 'Qanot Sharq' aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qoʻndi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unda aytilishicha, 'Pusan-Toshkent' yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim boʻlib oʻtgan. Mazkur ochilish marosimida Kimxe xalqaro aeroporti va 'Qanot Sharq' aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish j

15 Jun 10:46
 
22
0
xs.uz

Bugun havo harorati 42 darajagacha koʻtariladi

'Oʻzgidromet' 15-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 36-38html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

13 May 14:37
 
65
0
xs.uz

Tersak mahallasiga “turizm qishlogʻi” sertifikati topshirildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Urgut tumanida 'Tersak' turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shodiyev, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Taxtaqoracha dovoni yoqasida, togʻlar bagʻrida joylashgan 'Tersak' qishlogʻi zamonaviy infratuzilma hamda milliy anʼanalar uygʻunlashgan manzil sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maska