calendar 07 Mar 20:10
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Enrike oxirgi o‘yinlarda Mbappe nega zaxiraga olinayotganiga izoh berdi

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1 24-turidan o‘rin olgan “Monako”ga (0:0) qarshi o‘yinning birinchi bo‘limidan so‘ng almashtirildi.

Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening fikricha, jamoa Mbappesiz o‘ynashni o‘rganishi kerak, u kelasi yozda “Real”ga erkin agent sifatida o‘tishi kutilmoqda.

“Men futbolda yetarlicha vaqt bo‘lganman va shuni bilishingiz kerakki, bunday klubda hamma narsa muhim. Ertami-kechmi Mbappesiz o‘ynaymiz, shuning uchun men jamoa uchun eng yaxshi variantni qidiryapman. Ba’zida men haqman, ba’zida nohaq. Biz Mbappesiz o‘ynashga ko‘nikishimiz kerak. Men jamoam uchun eng yaxshisini qilaman. Bu mening qarorim”, deydi murabbiy.

Luis Enrike Mbappe ikkinchi bo‘limni zaxira o‘rindig‘ida emas, onasi yonida tribunadan kuzatib turganini bilmadi. Qolaversa, o‘yin tugamasidan futbolchi kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi.

Bungacha Mbappe “Renn” bilan o‘yinda (1:1) 65-daqiqada zaxiraga olingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
63
0
xs.uz

Nodirbek Yakubboyev hindistonlik shaxmatchiga qoʻl bermagani uchun tanqidlarga uchradi

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev 'Tata Steel Chess 2025' turniri doirasidagi bahsda hindistonlik shaxmatchi Vaishali Rameshbabu bilan oʻyin oldidan qoʻlini siqib qoʻymagani sababli ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muhokamalar sabab boʻldi va tanqidlarga uchradi.Ushbu holat turnirning 4-turi doirasidagi bahsda kuzatilgan. Odatda shaxmatchilar oʻyin boshlanishidan oldin bir-birlarining qoʻlini siqib qoʻyishadi. Ammo Yakubboyev Vaishali uzatgan qoʻlni siqib qoʻyishni istamagan.N

26 Feb 17:06
 
21
0
xs.uz

YCHL 1/8 bosqichiga qurʼa tashlandi. Ispaniya hamda Germaniyada derbi koʻramiz

21-fevral kuni, Shveysariyaning Nyon shahrida Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.Qurʼa natijalariga koʻra, Ispaniya hamda Germaniyaning grand klublari bir-biriga qarshi maydonga chiqishadigan boʻldi.Madrid derbisida 'Real Madrid' jamoasi 'Atletiko Madrid' klubini qabul qilsa, Germaniyaning 'Bayer' klubi 'Bavariya' jamoasi uyida mehmon boʻladi.Umumiy qurʼa natijalari quyidagicha koʻrinish olgan:'Bryugge' ' 'Aston Villa''Borussiya D' ' '

27 Jan 00:54
 
58
0
xs.uz

Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz – Erling Holand. Gvardiola esa Husanov uchun oʻzbek tilini oʻrganishga tayyorligini bildirdi

Futbol boʻyicha Angliya Premyer ligasining 23-turidan oʻrin olgan 'Manchester Siti' va 'Chelsi' oʻrtasidagi markaziy bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov 'shaharliklar' safida ilk marta maydonga tushdi. Uchrashuvda 'Manchester Siti' 3:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, Husanovning debyuti muhokamalarga sabab boʻldi.Oʻyindan keyin 'Manchester Siti' bosh murabbiyi Pep Gvardiola 'Sky Sports' efirida Abduqodir Husanovning ilk uchrashuvi haqida fikr bildirib, yosh shogirdini qoʻllab-quvva

09 Mar 06:34
 
20
0
xs.uz

Abdumalik Halokov yana bir nufuzli turnirida ishtirok etadi

Oʻzbekistonlik professional bokschi Abdumalik Halokov WBC tomonidan 'Riyadh Season' doirasida tashkil etilayotgan Gran-Pri turnirida ishtirok etadi.Ushbu nufuzli musobaqada toʻrtta vazn toifasida jami 128 nafar bokschi bahs olib boradi. Turnir yarim yengil, birinchi yarim oʻrta, oʻrta va superogʻir vazn toifalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.Gran-Pri tartibiga koʻra, barcha janglar 1/16 finaldan boshlanadi va 6 raunddan iborat boʻladi. Final janglari esa 8 raunddan tashkil topadi.M