calendar 07 Mar 20:10
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Barselona” jiddiy yo‘qotishlarga uchradi

image

4 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan Ispaniya chempionati doirasida “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yinda (0:0) “Barselona” jarohatlar tufayli asosiy tarkibdan ikki nafar muhim futbolchisini yo‘qotdi. Bu haqda RAC1 xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, klub yarim himoyachisi De Yong to‘pig‘idan jarohat olgan, Pedrida esa sonidagi jarohati og‘riq bergan. Ikkala futbolchi ham Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi “Napoli”ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Pedrida bu mavsumda o‘ynash imkoniyati bor. Uning jarohati jarrohlik amaliyotini talab qilmaydi va katta ehtimol bilan Pedri mavsum hamda Yevro-2024 o‘yinlarida maydonga tushishi mumkin.

De Yongning tiklanish vaqti esa hozircha noma’lum.

Qayd etish joiz, 2021 yilning yozidan beri Pedri jarohati sabab 71 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. O‘shandan beri futbolchi to‘qqizinchi marta jarohat oldi. 21 yoshli Pedri joriy mavsumda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 26 yoshli De Yong esa 27 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

Isroil Madrimov rasman “Usik—Fyuri 2” boks kechasida jang qiladi. Uning raqibi Ukrainadan

21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda 'Tayson Fyuri ' Aleksandr Usik 2' boks oqshomi doirasida boʻlib oʻtadigan barcha janglar maʼlum boʻldi. Gap shundaki, ushbu jang kechasining ikkinchi asosiy jangi aynan hamyurtimiz ishtirokida boʻlib oʻtadi. Bu haqda 'Matchroomboxing' xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, ushbu boks kechasidan 6 ta asosiy jang oʻrin olgan boʻlib, hamyurtimiz ancha kuchli raqibga qarshi ringga koʻtariladi.Ushbu kechada quyidagi janglar boʻlib oʻtadi

25 Sep 13:15
 
20
0
xs.uz

Shaxmat Olimpiadasi sovrindorlariga “BYD Chazor” beriladi. Ular yana qancha pul mukofoti oladi?

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 45-butunjahon shaxmat Olimpiadasida bronza medallarni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston erkaklar jamoasi aʼzolari 'Prezident sovgʻasi' sifatida 'BYD Chazor' rusumidagi avtomobillar hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan sportchilarimiz Olimpiadada munosib ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egallashgandi. Kumush medallarga ega chiqqan AQSH Oʻzbekiston termasidan faqatgina qoʻshimcha

09 Oct 12:40
 
16
0
xs.uz

Chavandozlarimiz nufuzli turnirda gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi

Shu kunlarda Estoniya poytaxti Tallin shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSI2*-W, CSIU25-A, CSIYH1* turkumidagi musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Dunyoning eng yetakchi sport juftliklari ishtirok etayotgan ushbu musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bormoqda.Musobaqada toʻsiq balandligi 140 sm boʻlgan marshrutda Abdurahmon Abdullayev 'Otto van de Achterhoek' laqabli otda birinchi oʻrin sohibi boʻldi. Chavandozimiz yoʻnalishni jarima

09 Oct 12:37
 
12
0
postda.uz

Voleybolchi ayollar bellashuvi

Joriy yilning 17–20-sentabr kunlari sportning voleybol turi boʻyicha Toshkent shahar IIBB boshqarmalari va tuman IIOFMBlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar birinchilik uchun oʻzaro bellashishdi.Musobaqa yakuniga koʻra Sergeli tumani jamoasi 3-oʻrin, Yakkasaroy tumani sportchi ayollari 2-oʻrinni band etishdi. Barcha jamoalardan ustunlik qilgan Toshkent shahar IIBB boshqarmalaridan tashkil topgan markaziy apparat terma jamoasi esa 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.Gʻolib va sovrindorlarga IIBB