calendar 07 Mar 20:07
eye 85
comments 0
comments Manba: postda.uz

G'OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

image

Ma'lumki, inson salomatligini mustahkamlash va jismoniy faolligini oshirishda sportning o'rni muhim sanaladi. Ayniqsa, ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishda ham ayni muddaodir.

Shu boisdan, yaqinda Farg'ona viloyati IIB huzuridagi tergov, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari hamda ekspert kriminalistika markazi va ushbu xizmatlarning quyi tizimlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar o'rtasida mini futbol bo'yicha tashkil etilgan “boshqarma boshlig’i o’rinbosari kubogi” musobaqasi ham fikrlarimiz tasdig'idir.

Shunday qilib, qizg'in va murosasiz o'tgan mazkur bahslar yakuniga ko'ra, yashil maydonda o'zining bor mahoratini namoyish etib, barcha raqiblarini dog'da qoldirgan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, Farg'ona va Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi sportchilari esa, keyingi pog'onalarni zabt etishdi.

Shuningdek, “eng yaxshi darvozabon” va “eng yaxshi to'purar” nominatsiyalari g'oliblari ham aniqlanib, boshqarma rahbariyati tomonidan pul mukofoti va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur sport bayrami osoyishtalik posbonlari o'rtasida do'stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash bilan bir qatorda, ularning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Abduvosit SIDIQOV,

o'z muxbirimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
38
0
xs.uz

Oʻzbekistonda oʻtayotgan Jahon chempionatida terma jamoamiz guruhda qolib ketishi mumkin (+guruhlardagi holat)

Bugun futzal boʻyicha Jahon chempionatining 2-turi doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Paragvayga qarshi maydonga tushadi.Qayd etish kerakki, Paragvay 1-turda Kosta-Rikani 5:2 hisobida magʻlub etgan va guruhda 1-oʻrinda turibdi. Agarda bugun kutilganidek, Niderlandiya Kosta-Rikani magʻlub etsa, terma jamoamiz qiyin ahvolga tushib qoladi.Uchrashuv soat 20:00 da 'Humo Arena'da boʻlib oʻtadi.Guruhlardagi holat bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.Avvalroq, Urganch shahrida 2,9 milliar

20 Sep 00:23
 
30
0
xs.uz

“Budapeshtdan gapiramiz”: Bugun Oʻzbekiston Isroil va Niderlandiyaga qarshi jang qiladi

Vengriya poytaxti Budapeshtda 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda. 6-turda erkaklar terma jamoamiz Isroil terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, ayollar terma jamoamiz esa Niderlandiyaga qarshi bahs yuritadi.Qayd etish kerakki, 5-tur doirasida yigitlarimiz Moldova, qizlarimiz esa Gruziya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Erkaklar terma jamoamiz 3,5 : 0,5 hisobida gʻalaba qozonishdi. Qizlarimiz esa musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan juda kuchli terma jamoa Gruz

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

Yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi Termiz shahrida oʻtkaziladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning 15-19-oktyabr kunlari dunyo polvonlari Prezident sovrini ' 20 ming AQSH dollari uchun bellashadi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 'World Series Pro' xalqaro turnirining final bosqichi hamda Al Hakim at-Termiziy xalqaro musobaqasida sayyoramizning eng kuchli polvonlari bahslarga kirishadi.'World Series Pro' xalqaro turnirining Osiyo, Yevropa, Afrika va Pan-Amerika qitʼasidan saralangan 80 nafar kurashchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezi

08 Sep 16:45
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekiston yozgi Paralimpiyalaridagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda. “Toʻyga toʻyona” sifatida Temur Giyazov bronza medaliga ega chiqdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida T44 klassida balandlikka sakrash dasturida final bahsi yakunlandi. Ushbu yoʻnalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Temur Giyazov 2.03 metr natija qayd etgan holda bronza medalga sazovor boʻldi.Qayd etish kerakki, bu orqali Oʻzbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida medallar sifati boʻyicha oʻz tarixida