calendar 07 Mar 20:07
eye 55
comments 0
comments Manba: postda.uz

BO‘Sh KELMA, UBAYDULLO!

image

Buxoro shahridagi olimpiya zaxiralari sport kollejida sportning barcha turi bo‘yicha har yili o‘nlab O‘zbekiston, Osiyo hamda jahon chempionlari yetishib chiqyapti. Ularning aksariyati ayni paytda yurt tinchligi, xalq farovonligini ta'minlash maqsadida osoyishtalik posboni bo‘lib xizmat qilib kelishmoqda. Viloyat IIB TVBSO 1-ishg‘ol qilish guruhi katta mutaxassis o‘qchisi, kichik serjant Ubaydullo Mo‘minov shulardan biridir.

U.Mo‘minov uch yildirki, shu lavozimda xizmat qiladi. U kollejda o‘qigan va murabbiylik qilgan paytlari sambo bo‘yicha besh marta respublika chempioni, jahon kubogida uchinchi o‘rin g‘olibi hamda bir necha turnirlar sovrindori bo‘lib, sport ustasi unvonini oldi. Shuningdek, ichki ishlar organlaridagi faoliyati davomida IIV kubogi musobaqalarida faol qatnashib, har yili faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. O‘tgan yili Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l shahrida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha jahon kubogida bronza medalni qo‘lga kiritdi. Kuni kecha Toshkent shahrida kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 71 kg vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.  

Lavha qahramoni g‘oliblik bilan birgalikda, 2024-yil iyul oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida qatnashish uchun yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi. Ishonamizki, u Vatanimiz bayrog‘ini yana bir karra baland ko‘taradi. Biz unga “Bo‘sh kelma, Ubaydullo! G‘alaba hamisha yor bo‘lsin” deb qolamiz.  

Mirzoqul AHADOV,

o‘z muxbirimiz.

Buxoro viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
38
0
xs.uz

Oʻzbekistonda oʻtayotgan Jahon chempionatida terma jamoamiz guruhda qolib ketishi mumkin (+guruhlardagi holat)

Bugun futzal boʻyicha Jahon chempionatining 2-turi doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Paragvayga qarshi maydonga tushadi.Qayd etish kerakki, Paragvay 1-turda Kosta-Rikani 5:2 hisobida magʻlub etgan va guruhda 1-oʻrinda turibdi. Agarda bugun kutilganidek, Niderlandiya Kosta-Rikani magʻlub etsa, terma jamoamiz qiyin ahvolga tushib qoladi.Uchrashuv soat 20:00 da 'Humo Arena'da boʻlib oʻtadi.Guruhlardagi holat bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.Avvalroq, Urganch shahrida 2,9 milliar

20 Sep 00:23
 
30
0
xs.uz

“Budapeshtdan gapiramiz”: Bugun Oʻzbekiston Isroil va Niderlandiyaga qarshi jang qiladi

Vengriya poytaxti Budapeshtda 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda. 6-turda erkaklar terma jamoamiz Isroil terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, ayollar terma jamoamiz esa Niderlandiyaga qarshi bahs yuritadi.Qayd etish kerakki, 5-tur doirasida yigitlarimiz Moldova, qizlarimiz esa Gruziya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Erkaklar terma jamoamiz 3,5 : 0,5 hisobida gʻalaba qozonishdi. Qizlarimiz esa musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan juda kuchli terma jamoa Gruz

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

Yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi Termiz shahrida oʻtkaziladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning 15-19-oktyabr kunlari dunyo polvonlari Prezident sovrini ' 20 ming AQSH dollari uchun bellashadi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 'World Series Pro' xalqaro turnirining final bosqichi hamda Al Hakim at-Termiziy xalqaro musobaqasida sayyoramizning eng kuchli polvonlari bahslarga kirishadi.'World Series Pro' xalqaro turnirining Osiyo, Yevropa, Afrika va Pan-Amerika qitʼasidan saralangan 80 nafar kurashchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezi

08 Sep 16:45
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekiston yozgi Paralimpiyalaridagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda. “Toʻyga toʻyona” sifatida Temur Giyazov bronza medaliga ega chiqdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida T44 klassida balandlikka sakrash dasturida final bahsi yakunlandi. Ushbu yoʻnalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Temur Giyazov 2.03 metr natija qayd etgan holda bronza medalga sazovor boʻldi.Qayd etish kerakki, bu orqali Oʻzbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida medallar sifati boʻyicha oʻz tarixida