calendar 07 Mar 20:07
eye 57
comments 0
comments Manba: postda.uz

UNUTILMAS TAASSUROT QOLDIRDI

image


IIV Madaniyat saroyida vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat darsi bo'lib o'tdi. Unda so'zga chiqqan yuridik fanlari doktori, iste'fodagi polkovnik, Abdug'ofur Sattorov ichki ishlar organlari xodimlarining ma'naviy mezonlari xususida to'xtalib, bugungi kunda soha vakillariga xalqimizning ishonchi ortib borayotganligini qayd etdi. O'z navbatida xodimlar bu ishonchni oqlash, yanada mustahkamlash uchun o'z ustida tinimsiz ishlashi, doimo izlanishi, sohaga oid bilim va tajiribasini oshirib borishi, xizmat intizomi va qonuniylikka qat'iy rioya etishi lozimligini ta'kidladi.

Shuningdek, tadbir doirasida Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatovning shonli hayot yo'li va xizmat faoliyatiga bag'ishlangan Unutilmas xotiralarim hamda Ustozga ehtirom nomli kitoblarning taqdimoti ham bo'lib o'tdi. Unda so'z olgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist, IIV Akademiyasi magistraturasi dotsenti, iste'fodagi polkovnik Alisher Sharafutdinov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi, filologiya fanlari doktori, professor Noibaxon Mamadaliyeva, IIV Faxriylar kengashi raisining o'rinbosari, iste'fodagi polkovnik Avaz Azizxodjayev mazkur kitoblarda Zokirjon Almatovning ibratli umr yo'li, uzoq yillik samarali xizmat faoliyati davomida boshidan o'tkazgan qiyinchiliklari, orttirgan boy amaliy tajribasi, tizim uchun ko'plab malakali shogirdlar yetishtirgani hamda mamlakatimiz hududida sodir etilgan qo'poruvchilik harakatlari va katta shov-shuvga sabab bo'lgan jinoyatlarni fosh etish, ularga qarshi kurashishda ko'rsatgan jasorati batafsil aks etganini aytishdi. Tadbir qatnashchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Mixli SAFAROV,

o'z muxbirimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:30
 
18
0
postda.uz

Память и почесть – национальная ценность

Урок духовности и просветительства«…Мы все проявляем большое уважение и внимание к живущим рядом ветеранам войны и труда, людям старшего поколения, обеспечившим нынешнее благополучие и процветание Родины. Вместе с тем, мы, сколько бы ни прошло лет или десятилетий, всегда

11 Apr 14:02
 
41
0
xs.uz

Imom Buxoriyning islom olamida mashhur boʻlgan “Birrul volidayn” asari ilk marta oʻzbek tiliga tarjima qilindi

Kitobda farzand tarbiyasi, amallarning afzali ' ota-onaga yaxshilik qilib, hurmat koʻrsatish, ularning duolarini olish, ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi mustajob boʻlishi va silai rahm fazilati, qarindoshlarga yaxshilik qilish kabi mavzulardagi 76 ta hadis jamlangan.Hadislarning xalqchil va tushunarli boʻlishi uchun izoh va sharhlar yozildi. Asarni sharhlashda 50 dan ortiq ishonchli tarixiy manbadan foydalanildi.Kitob va xalqchil risola Din ishlari qoʻmitasida belgilangan tartibda d

11 Apr 14:02
 
39
0
xs.uz

Germaniyada “Oʻzbekiston – Ipak yoʻlining durdonasi” nomli kitob albom nashr etildi

Maqola muallifi Mixael Rossnerning qayd etishicha, fotograf Osiyo va Janubiy Amerika qitʼalarining koʻplab mamlakatlariga safar qilgan. Turli madaniyat va landshaftlarga boʻlgan yuqori qiziqish uni 2019-yilda Oʻzbekiston tomon chorladi. Sayohati davomida ushbu sehrli diyor taassurotlaridan ilhomlangan haydelberglik tadbirkor oʻzi olgan suratlarni kitob holida chop etishga qaror qiladi.Maʼlum qilinishicha, Tamara Rexenbergning 'Oʻzbekiston ' Ipak yoʻli durdonasi' kitob albomi 'abc-Verlag

11 Apr 13:58
 
33
0
qalampir.uz

Aktrisa Ra’no Shodiyeva yana bir operatsiyani boshdan kechirdi (video)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, nogironligi bor shaxslar huquqlari faoli Ra’no Shodiyeva yana bir operatsiyani boshdan kechirdi. U bu haqda kecha, 4 aprel kuni o‘zining Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Ra’no Shodiyevada juda kam uchraydigan jigar saratoni xastaligi aniqlangan. Shu paytgacha u davolanish muolajalarini qabul qilgan. Aktrisa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan storisida  bundan bir necha kun avval yana Turkiyaga