Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, Nukus shahridagi ovqatlanish joylaridan biriga kirgan fuqaro O.R. zarur ehtiyoj tufayli qisqa vaqtga tashqariga chiqadi. Qaytib kelganida esa stolda hujjatlari bilan birga qoldirgan «Samsung A-52» rusumli uyali telefoni yo‘qligini ko‘rib boshidan hushi uchdi.
Holat yuzasidan Ichki ishlar bo‘limiga kelib tushgan murojaat bo‘yicha voqea joyiga yetib borgan guruh tarkibida kinologiya bo‘linmasi kichik inspektor-kinologi, safdor S.Sarsenbayev ham bor edi. Guvohlar topilavermagach, u o‘ziga biriktirilgan «Graf» laqabli xizmat iti bilan jinoyat joyidan qidiruvni boshladi. Natijasida ushbu o‘g‘irlikni Nukus shahrida yashovchi Ye.M sodir qilgani aniqlandi.
Shuningdek, Nukus tumani «Baqanshakli» OFYda yashovchi fuqaro A.A. Ichki ishlar bo‘limiga qilgan murojaatida kechasi uyidan velosipedini kimdir o‘g‘irlab ketganini ma’lum qildi. Voqea joyiga katta serjant J.Habibullayev o‘ziga biriktirilgan «Daroz» laqabli xizmat iti bilan chiqib, o‘g‘rilikni sodir etgan shaxsni topishga muvaffaq bo‘ldi. Aniqlanishicha, shu tumanda yashovchi K.A. mast holda jinoyatga qo‘l urgan ekan.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari hududlarda sodir bo‘lgan jinoyatlarni qisqa vaqtlarda fosh etishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Xususan, o‘tgan yili 416 marta jinoyat joylariga chiqilib, 281 ta jinoyat xizmat itlari ishtirokida ochilishiga erishildi.
Shuningdek, kinolog xodimlar tomonidan jamoat tartibini saqlash, xuquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish maqsadida 1062 marta ko‘cha va jamoat joylarida, 184 marta bozorlarda piyoda patrullik naryadlari tashkillashtirilgan bo‘lsa, 350 marta ommaviy tadbirlarda xizmat olib borilgan.
Hamkasblarimiz mamlakat miqyosida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelishmoqda. Jumladan, 2023-yilning 23–25-noyabr kunlari Buxoro viloyatida o‘tkazilgan «A’lochi kinolog» ko‘rik-tanlovida kinologiya bo‘linmasi kichik inspektor-kinologi, safdor Aydos Abdireymov sport to‘sinida tortilish mashqida faxrli uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, barcha shartlar bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlar jamlanganda jamoamiz ikkinchi o‘rinni qayd etib, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sharapat UTEPOV,
katta serjant.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.
Oʻzbekistonda turizmning mehnat bozoridagi oʻrni: yangi ish oʻrinlar va malakali kadrlar zarurati
Turizm ' iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri. Aksariyat mamlakatlar, xususan, iqtisodiy oʻtish davridagilar uchun turizmni rivojlantirish milliy daromadni diversifikatsiya qilish, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash hamda ijtimoiy taraqqiyotni ragʻbatlantirishning muhim vositasiga aylanmoqda.Turizmning rivojlanishi xorijiy valyuta oqimi, aholi bandligini oshirish hamda kichik va oʻrta biznes sohasining kengayishi hisobiga yalpi ichki mahsulot oʻsishiga xizmat qil
“Oʻzbekneftgaz” AJ 850 million AQSH dollarlik xalqaro obligatsiyalarni chiqardi
2025-yil 30-aprel kuni 'Oʻzbekneftgaz' aksiyadorlik jamiyati xalqaro kapital qarz bozoriga muvaffaqiyatli tarzda qaytib, 5-yil muddatli, 144A/RegS formatidagi katta nominalli xalqaro obligatsiyalarni chiqardi.Obligatsiyalar chiqarilishi xalqaro miqyosda yuqori qiziqish bilan qarshi olindi. Jumladan, Buyuk Britaniya, AQSH, Yevropa, Shveysariya va Osiyo mamlakatlaridagi fond boshqaruvchilari, banklar, xususiy banklar, pensiya jamgʻarmalari va sugʻurta kompaniyalari singari yirik institutsional
Dollarning rasmiy kursi ketma-ket toʻrtinchi kun pasaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 11-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 37,68 soʻmga tushdi va 12 674,37 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 54,46 soʻmga pasaydi va 14 470,33 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,13 soʻmga oshib, 161,23 soʻmni tashkil etdi.