Касб фидойиси
Сирдарё вилояти ИИБ «102» хизматига Гулистон тумани «Юлдуз» маҳалласи, «Шодлик» массивида «Gentra» русумли оқ рангли автомашина йўқолганлиги тўғрисида хабар келиб тушди. Маълум бўлишича, Н.Н. исмли аёл эрталаб автомашинасини қиздириш учун ўт олдирган ва нарсаларини олиш учун уйига кириб кетган. Қайтиб чиқса, автомашина жойида йўқ.
Тезкор хабар асосида ҳудуддаги барча профилактика, ЙҲХ инспекторлари, тезкор ходимлар оёққа турди. Жумладан, Гулистон тумани ИИБ «Бахмал» маҳалласининг профилактика инспектори, лейтенант Сардор Қосимов ҳам қидирув ишларига жалб қилинди. Унинг «Юлдуз» массивидан Гулистон шаҳрининг кириш қисмигача бўлган қидирув ишлари ўз самарасини беради. «Gentra» шаҳарнинг 6-мавзесига кириш қисмида ташлаб кетилган ҳолда топилди. Криминалистик экспертиза натижасида уни Гулистон туманида яшовчи, 1986 йилда туғилган Н. исмли шахс олиб қочгани аниқланди. У бу ишни қилаётганда маст ҳолатда бўлганини айтган. Автомашина ва ундаги нарсаларга зарар етказилмаган. Ҳозирда унга нисбатан қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Лейтенант Сардор Қосимов Янгиер шаҳрида туғилган. Маълумоти олий. 2021 йилдан бери ички ишлар тизимида хизмат қилиб келмоқда.
Ўз мухбиримиз.
Сирдарё вилояти.
Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi goʻzal goʻshalaridan biri ' 'Ugom-Chotqol' qoʻriqxonasi hududida 'MSA Resort' turistik majmuasi qurib bitkazilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan turizm va barqaror infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan eʼtibor tufayli bu kabi yirik loyihalar zarur qoʻllab-quvvatlov va ilhom olmoqda.Mazkur loyiha nafaqat tabiatni sevuvchilar, balki milliy madaniyat va gastronomiyani qadrlovchilar uchun ham diqqatga sazovor manzillardan biriga aylanishi kutilmoqd
Oʻzbekistonga kelayotgan fransuzlar soni 20,8 foizga oshdi
Oʻzbekistonga kelayotgan xorijiy turistlar soni ortib borayotgani kuzatilmoqda. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Fransiyadan jami 6,8 ming nafar turist mamlakatimizga tashrif buyurgan.Qayd etish kerakki, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga yoki 20,8 foizga koʻpaygan.Maʼlum qilinishicha, tashrif buyurgan fransiyaliklarning asosiy qismi sayyohlik maqsadida kelgan. Joriy yilning dastlabki toʻrt oyi davomida
Oʻzbekiston delegatsiyasi Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda
Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (RC COP-12) boshlandi. Ushbu anjuman Bazel konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn yettinchi yigʻilishi (BC COP-17) va Stokgolm konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (SC COP-12) bilan ketma-ket tarzda 9-maygacha davom etadi.'Yashirin narsalarni koʻrinarli qilish: kimyoviy moddalar va chiqindilarni oqilona boshqarish' mavzusida oʻtayotg
Oʻzbekistonga Turkiya fuqarolari koʻproq qaysi maqsadda tashrif buyuryapti?
2025-yilning yanvar'aprel oylarida Oʻzbekistonga Turkiyadan kelgan turistlar soni sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida 49,4 ming nafar Turkiya fuqarosi mamlakatimizga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 18 ming nafarga, yaʼni 57,4 foizga koʻpdir.Turkiya fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishiga turli maqsadlar sabab boʻlgan. Jumladan, 19 ming 462 nafar kishi xizmat