calendar 13 Feb 22:03
eye 71
comments 0
comments Manba: xs.uz

Dubay shahrida Butunjahon hukumatlar sammiti boʻlib oʻtmoqda

image
Bu yilgi sammit 'Kelajak hukumatlarini shakllantirish sari' mavzusida tashkil etilib, uning doirasida 15 ta forum, 23 ta uchrashuv va davra suhbatlari, 120 dan ortiq interaktiv sessiya va seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Tadbirlarda 200 nafar spiker, 120 ta xorijiy delegatsiyalar, 27 ta xalqaro tashkilot rahbarlari, jumladan, davlat va hukumat rahbarlari, yirik biznesmenlar taklif qilingan.



Sammit doirasida 'Hukumat inson resurslarining istiqbollari' mavzusida tashkil qilingan davra suhbatida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar maʼmuriyatchiligi departamenti mudiri I.Qurbonov hamda 20 ga yaqin davlatdan inson resurslari va kadrlar siyosatiga masʼul boʻlgan idora rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tadbirda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlar, davlat xizmati tizimi transformatsiyasi, raqamlashtirish jarayonlari va joriy qilingan elektron platformalar (hrm.argos.uz, vacancy.argos.uz, samaradorlik.uz) toʻgʻrisida maʼlumot berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
39
0
xs.uz

Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi

20 Mar 12:54
 
51
0
xs.uz

Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi

Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan

20 Mar 12:54
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin

24 Mar 13:25
 
62
0
xs.uz

“Oʻrik gullaganda” festivali tabiat qoʻynidagi maroqli sayr sifatida nishonlandi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Oltiariq tumanidan soʻng Rishton va Oʻzbekiston tumanida ham 'Oʻrik gullaganda' deb nomlangan yoshlar ijodiyoti festivali boʻlib oʻtdi.Rishton tumani 'Qalaynav' mahallasidagi bogʻlarda oʻtkazilgan tadbirda viloyatning shahar-tumanlaridan tashqari, Hindiston, Pokiston va Erondan kelgan sayyohlar ham ishtirok etdi. Festival doirasida milliy oʻyinlar, folklor jamoalari chiqishlari, sanʼatkor va hunarmandlar asarla