calendar 13 Feb 22:02
eye 71
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yoshlar kutubxonasiga 400 ga yaqin kitoblar topshirildi

image
Adliya vazirligi ham ushbu islohotlarda daxldorlik hissini anglagan xolda xodimlar oʻrtasida yana bir maʼrifiy tashabbusni, #Ziyo_ulash aksiyasini boshlab berdi.

Bu loyiha yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, ularda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni orttirish va intellektual salohiyatini oshirishga boʻlgan intilishni qoʻllab-quvvatlash imkonini yanada oshiradi.

Adliya vazirligi jamoasi nomidan 400 ga yaqin kitoblar Zangiota tumanidagi Vatanparvar mahallasida yoshlar uchun tashkil etilgan kutubxonaga topshirildi.

Ular orasida Prezident asarlari, atoqli mutafakkir bobolarimizning bebaho ijodiy-ilmiy merosi, sheʼriy va nasriy asarlar, jahon adabiyoti durdonalari, oʻzbek ziyolilarining faoliyatini tarix zarvaraqlariga birlashtirgan 'Jadidlar' kitoblar toʻplamlari ham bor.

Taniqli ijodkorlar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etgan tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Х.Мелиев soʻzga chiqib, bugungi kunda yoshlarning kitob bilan doʻstlashishi, jahon, oʻzbek adabiyoti va madaniyatini chuqur oʻrganishi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etishini hamda oʻsib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun vazirlik tomonidan elektron kutubxona ham sovgʻa qilindi. Unda barcha kitoblarning elektron va audio shakllari jamlangan.

Ilmni chuqur egallashning yoʻli bitta ' kitob oʻqishdir. Bugun yoshlarimizni beminnat ustoz boʻlgan kitobga boʻlgan muhabbatini oshirish, kitobxonlikni keng targʻib qilish har birimizning maʼnaviy burchimizdir. Zero, kitob bilan doʻstlashish ezgulikka yetaklaydi.

Diyora SAIDOVA,

OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 12:36
 
59
0
qalampir.uz

Yana bir bank jarimaga tortildi

“Orient Finans” XATB Termiz filiali reklama qonunchiligi buzilishi tufayli jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Bildirilishicha, qo‘mitaga “Orient Finans” tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining qonuniyligi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida, bank filiali tomonidan Termiz shahri Hakim At-Term

22 Jul 17:26
 
59
0
xs.uz

13 yoshli oʻgay qiziga muntazam zoʻravonlik qilib kelgan ayolga hukm oʻqildi

Holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha olib borilgan dastlabki tergovda aniqlanishicha, Sh. S. qizni 2023-yil davomida muttasil ravishda doʻpposlab, unga nisbatan jismoniy hamda ruhiy jihatdan azob bergan.'Unda kuchli qoʻrquv hosil qilish yoʻli orqali oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib, tanasining turli qismlariga tan jarohatlari yetkazib kelgan', deyiladi xabarda.Bolalar ombudsmani vakili bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur ishning sud protsessida koʻri

15 Jul 12:03
 
142
0
qalampir.uz

Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi

"Henley & Partners" xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi.  Qayd etilishicha, O‘zbekistonda fuqarolik pasportiga ega bo‘lganlar 64 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniga ega. 2023 yilda O‘zbekiston ushbu reytingda 78-o‘rinni band qilgandi. Shu yilning boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra esa 80-o‘rinda bo‘lgan. O‘zbekistondan tashqari Kuba,

26 Jul 10:20
 
31
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro