Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish holati muhokama qilindi

Taʼkidlanganidek, Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilishda qator ijobiy natijalarga erishilgan.
Xususan, investitsiya dasturlari doirasida 763 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 23 296 ta yangi ish oʻrni yaratilgan hamda oʻtgan yilda 901,3 mln dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan.
Faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 61 mingtani, shundan 38 mingtani xoʻjalik yurituvchi subyektlar (yuridik shaxs), 23 mingtani yakka tartibdagi tadbirkorlarni tashkil etgan.
Viloyatda aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun sharoit yaratilib, buning natijasida Ohangaron, Toshkent va Zangiota tumanlari yuqori koʻrsatkichlarga erishgan.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 30 063 ta tadbirkorlik subyektiga jami 743,5 mlrd soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan.
Shu bilan birga, senatorlar tomonidan ayrim kamchilik va muammolar ham mavjudligiga eʼtibor qaratildi.
Xususan, tadbirkorning faoliyat koʻrsatishiga toʻsiq boʻlayotgan muammolar, jumladan, bino-inshootlarni zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash, tadbirkorlik subyektlariga yer, bino va kredit ajratish hamda soliq toʻlovi boʻyicha nizolar kabi masalalar bartaraf etilmaganligi sababli viloyatda 2023-yilning 1-dekabr holatiga faoliyat koʻrsatgan tadbirkorlik subyektlarining soni 2022-yilning mos davriga nisbatan 9,4 mingtaga kamaygan.
Viloyatda faoliyat yuritmayotgan kichik biznes subyektlari soni qariyb 20 mingtani tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan Parkent, Oʻrta Chirchiq tumanlarida, Bekobod shaharda, Piskent va Quyi Chirchiq tumanlarida oshgan.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun (qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan) onlayn-auksion savdolarga chiqarilgan 218 ta boʻsh turgan 88,1 gektar yer uchastkalaridan jami 428 ta holatda vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishish yoki xulosa berish muddatlari buzilgan.
Bundan tashqari, viloyatdagi nazorat organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlarda 58 ta qonun buzilishi holati, shundan 21 tasida noqonuniy tekshirish va 37 tasida tekshirish oʻtkazish tartibini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilgan. Jumladan, 'Tadbirkor virtual ofisi' axborot portali orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddati ustidan nazorat oʻrnatilgan boʻlishiga qaramasdan murojaatlarning 21,9 foizi (126 ta) boʻyicha koʻrib chiqish muddati buzilgan.
Tuman (shahar) boʻyicha kelib tushgan murojaatlar tadbirkorlar soniga nisbatan tahlil qilinganda, Piskent, Boʻka tumanlarida va Ohangaron shahrida murojaatlar soni oshgan.
Majlis davomida senatorlar tomonidan viloyatda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar masʼul vazirlik va idoralarga koʻrsatib oʻtildi hamda bu borada ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik sohasida mavjud talablar va tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha qator takliflar bildirildi.
Shu bilan birga, viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish borasida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan 'yoʻl xaritasi' Senatning tegishli qarori bilan tasdiqlandi.
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi
Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining 2024-yil yakunlari, 2025-yilgi rejalarga bagʻishlangan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Xidoyatov mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.U 1980-yil 20-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.Sherzod Hidoyatov mehnat faoliyati davomida Oliy xoʻjali
Rasman “Man Siti” klubi Abduqodir Husanov transferini eʼlon qildi. Futbolchi “Lans”ga xayrlashuv maktubini qoldirdi
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov rasman 'Manchester Siti' futbolchisiga aylandi. Tanishtiruv videosi klubning rasmiy sahifasida paydo boʻlgan.Shuningdek, 'shaharliklar' klubi rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ushbu transferini tasdiqladi.Transfer qiymati bonuslar bilan birga 50 million yevroni tashkil qiladi. Shartnoma yana bir yil uzaytirish imkoniyati bilan 2029-yilga qadar imzolangan. 20 yoshli himoyachimiz yangi klubi safida 45-raqamda toʻp suradi.Taxminlarga koʻra, Husano
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) matbuot xizmati xabar berdi. Sloveniyalik murabbiy sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli terma jamoani boshqarishdagi vazifalarini toʻlaqonli bajara olmasligini bildirib, shartnomani oʻzaro rozilik asosida bekor qilishga qaror qildi.Srechko Katanes oʻz murojaatida hozirgi holatida professional darajada ishlash imkoniyati yoʻqligini a
Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz – Erling Holand. Gvardiola esa Husanov uchun oʻzbek tilini oʻrganishga tayyorligini bildirdi
Futbol boʻyicha Angliya Premyer ligasining 23-turidan oʻrin olgan 'Manchester Siti' va 'Chelsi' oʻrtasidagi markaziy bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov 'shaharliklar' safida ilk marta maydonga tushdi. Uchrashuvda 'Manchester Siti' 3:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, Husanovning debyuti muhokamalarga sabab boʻldi.Oʻyindan keyin 'Manchester Siti' bosh murabbiyi Pep Gvardiola 'Sky Sports' efirida Abduqodir Husanovning ilk uchrashuvi haqida fikr bildirib, yosh shogirdini qoʻllab-quvva