calendar 12 Feb 17:12
eye 46
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston yoshlari Dehlida Doʻstlik va tinchlik xalqaro bolalar festivalida ishtirok etdi

image
Mazkur xalqaro maktabda mahalliy oʻquvchilar bilan bir qatorda koʻplab xorijiy davlatlar, jumladan, oʻzbekistonlik yoshlar ham tahsil oladi.

Mamlakatimiz vakillari taʼlim jarayoniga katta masʼuliyat bilan yondashib, tengqurlari orasida yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Maktab oʻqituvchilar jamoasi yosh vatandoshlarimiz haqida doimo ijobiy fikrlar bildiradi.

Oʻzbekistonlik yoshlar, shuningdek, oʻrta taʼlim muassasasining jamoat hayotida ham faol ishtirok etib, turli tadbirlarda oʻzbek xalqining milliy urf-odatlari va madaniyatini tengqurlari orasida targʻib qilishga munosib hissa qoʻshmoqda.

Navbatdagi Doʻstlik va tinchlik xalqaro bolalar festivali ishtirokchilari va mehmonlari ham Oʻzbekistonning boy madaniy qadriyatlari haqidagi rang-barang maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdi, oʻzbek yoshlari ijrosidagi milliy raqs va qoʻshiqlarni olqishlar bilan kutib oldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:43
 
29
0
qalampir.uz

Ukrainada yer ostida joylashgan maxfiy qurol zavodlari qurilgan – “El Mundo”

Ukrainada yashirin qurol zavodlari tarmog‘i qurilgan, ularning ba’zilari yer ostida joylashgan. Bu haqda Ispaniyaning “El Mundo” nashri Ukraina qurol sanoatidagi manbaga tayanib xabar berdi. Nashrning qayd etishicha, ushbu zavodlarning joylashuvi o‘ta sirli. “El Mundo” suhbatdoshiga ko‘ra, hozir Ukrainani eng ko‘p xavotirga solayotgan narsa bu zavodlarning Rossiya qo‘shinlaridan qanchalik yashirinligidir. “Biz ishchilar orasidan bir qanch

11 Apr 13:56
 
29
0
qalampir.uz

Tayvan va Xitoyni ikkiga ajrata oladigan hech qanday kuch yo‘q – Si Szinpin 

Materik Xitoy va Tayvanni ajratib qo‘ya oladigan hech qanday kuch yo‘q. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin kecha, 10 aprel kuni Pekinda Tayvan ma’muriyati sobiq rahbari Ma Inszyu bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi. "Bo‘g‘ozning har ikki tomonidagi vatandoshlarning hal qilib bo‘lmaydigan muammolari va muhokama qilib bo‘lmaydigan tashvishlari yo‘q. Bizni ajratib qo‘yadigan kuch yo‘q", degan Si Szinpin. U Tayvan bo‘g‘ozining har ikki tomonida yashovchi

11 Apr 13:56
 
34
0
qalampir.uz

Rim Papasi Qozog‘iston uchun duo qilishga chaqirdi

Kecha, 10 aprel kuni Vatikanda bo‘lib o‘tgan umumiy tinglovchilar yig‘ilishida Rim Papasi barcha dindorlarni tabiiy ofat oqibatlaridan aziyat chekayotgan Qozog‘iston xalqi uchun duo qilishga chaqirdi. Bu haqda “Vatikan News” nashri xabar berdi. Papa 2022 yilda Qozog‘istonga tashrif buyurganini eslab, respublika xalqiga ma’naviy yaqinlik his qilishini aytgan. “Mamlakatning ko‘plab hududlariga ta’sir ko‘rsatgan va minglab odamlar o‘z uylarini tashlab k

12 May 12:09
 
17
0
qalampir.uz

Polsha Belarus bilan chegarasini mustahkamlayapti

Polsha Belarus va Ukraina bilan chegarasini mustahkamlash ishlarini boshladi. Bu haqda respublika Bosh vaziri Donald Tusk bugun, 11 may kuni chegarada harbiylar va chegarachilar bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi. "Polsha zamonaviy istehkomlar bo‘yicha jadal ishlarni boshladi, biz keng qamrovli amaliyotlar haqida gapiryapmiz. Biz bu haqda jamoatchilikni xabardor qilamiz", degan Tusk “TVP Info” tomonidan efirga uzatilgan jonli efirida. Bosh vazir, shuning