calendar 11 Apr 13:56
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rim Papasi Qozog‘iston uchun duo qilishga chaqirdi

image

Kecha, 10 aprel kuni Vatikanda bo‘lib o‘tgan umumiy tinglovchilar yig‘ilishida Rim Papasi barcha dindorlarni tabiiy ofat oqibatlaridan aziyat chekayotgan Qozog‘iston xalqi uchun duo qilishga chaqirdi. Bu haqda “Vatikan News” nashri xabar berdi.

Papa 2022 yilda Qozog‘istonga tashrif buyurganini eslab, respublika xalqiga ma’naviy yaqinlik his qilishini aytgan.

“Mamlakatning ko‘plab hududlariga ta’sir ko‘rsatgan va minglab odamlar o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan keng ko‘lamli suv toshqinlari munosabati bilan ayni paytda Qozog‘iston xalqiga ruhiy yaqinligimni bildirmoqchiman. Men barchani ushbu tabiiy ofat oqibatlaridan aziyat chekkanlar uchun duo qilishga chaqiraman”, degan u.

Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda suv toshqini davri boshlanganidan buyon 96 472 kishi qutqarilgan, ulardan 31 640 nafari bolalardir. Hozirda Qozog‘istonning 10 ta hududida mahalliy favqulodda vaziyatlar e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev  mamlakatning qator hududlarida suv toshqini tufayli yuzaga kelgan favqulodda vaziyat yuzasidan xalqdan uzr so‘rab chiqqan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
28
0
xs.uz

Qaytib kelganimda, qizim meni taniy olmadi yoxud Isroil qamoqxonasidan qaytgan falastinlik jurnalist ayol hikoyasi

Gʻazodagi oʻt ochishni toʻxtatish bitimining birinchi bosqichida ozod etilgan 90 nafar falastinliklar orasida jurnalist Rula Hassanein ham boʻlgan. U Isroil qamoqxonasidagi holatlarni soʻzlab bergan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar bermoqda.Maʼlum boʻlishicha, jurnalist 2024-yilning mart oyida Isroilning Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi harbiy tajovuzlari haqida yozgan postlari uchun Isroil hukumati tomonidan hibsga olingan.'Meni hibsga olishganda 9 oylik qizim bor edi. Ular meni qizimdan

27 Jan 00:54
 
29
0
xs.uz

Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida Putin bilan muzokara oʻtkazish taklifini ilgari surmoqda. Agar Putin ushbu taklifni rad qilsa Tramp Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi 'The Wall Street Journal' nashri.Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.'Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva

27 Jan 00:54
 
36
0
xs.uz

Harbiy texnologiyalari eng kuchli mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi

Janubiy Koreyaning mudofaa texnologiyalarini targʻib qilish instituti 2024-yil uchun mamlakatlarning mudofaa fanlari va texnologiyalari darajasi boʻyicha tadqiqotni taqdim etdi.Unga koʻra, jahonda harbiy texnologiyalari eng taraqqiy etgan davlat AQSH boʻlgan. Ikkinchi oʻrinda Fransiya va Rossiya turibdi. Ularning harbiy innovatsiyalar darajasi Qoʻshma Shtatlar bilan solishtirganda 89 foizni tashkil etadi. AQSH harbiy sohada rivojlanish boʻyicha soʻnggi olti yilda Germaniya (3-oʻrin), Bu

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

Mudofaa va ichki ishlar vazirlari qatnashgan choʻmilish tadbirida 7 kishi vafot etdi – Hindiston

Hindistonda millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishi oqibatida kamida 7 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda oʻtkazilayotgan 'Kumbh Mela' festivalida fojia yuz berdi, deb xabar bermoqda 'NBS News' nashri.Xabarda aytilishicha, 29-yanvar kuni festival ishtirokchilari choʻmilish tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlishgan. Millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishga urinishi oqibatida ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Natijada 7 kishi vafot etib, oʻnga yaqin inson jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan