calendar 11 Apr 13:56
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tayvan va Xitoyni ikkiga ajrata oladigan hech qanday kuch yo‘q – Si Szinpin 

image

Materik Xitoy va Tayvanni ajratib qo‘ya oladigan hech qanday kuch yo‘q. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin kecha, 10 aprel kuni Pekinda Tayvan ma’muriyati sobiq rahbari Ma Inszyu bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi.

"Bo‘g‘ozning har ikki tomonidagi vatandoshlarning hal qilib bo‘lmaydigan muammolari va muhokama qilib bo‘lmaydigan tashvishlari yo‘q. Bizni ajratib qo‘yadigan kuch yo‘q", degan Si Szinpin.

U Tayvan bo‘g‘ozining har ikki tomonida yashovchi xitoylarning yagona millatga mansublik hissini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

“Xitoy xalqining mushtarakligi to‘g‘risida qat’iy ravishda xabardorlikni shakllantirish kerak. Bo‘g‘ozning ikki qirg‘og‘idagi vatandoshlar azaldan bir oila bo‘lib kelgan va ular bir-birlariga tez-tez bordi-keldi qilib turishi kerak”, degan Xitoy rahbari. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Pekin bo‘g‘ozlar bo‘ylab almashinuvni faol rivojlantirish choralarini ko‘radi. Si Szinpin vatandoshlar uchun Xitoy madaniyati muhimligini ta’kidladi. U xitoyliklarni “bir millatga mansublik tuyg‘usini, o‘zlikni anglash va or-nomus hissini kuchaytirishga” chaqirdi.

Si Szinpin bo‘g‘ozning har ikki tomonidagi yoshlar bir-biridan o‘rganib, bir-biriga suyanib, “tarixiy estafetani munosib o‘tkazib, millatni yoshartirishga hissa qo‘shishiga” umid bildirdi.

Shuningdek, u Tayvan mustaqillik harakati tarafdorlarining “separatistik faoliyatiga qat’iy qarshilik ko‘rsatish” zarurligini ta’kidladi. 

"Xitoy xalqi har doim mamlakatni bo‘linib bo‘lmaydi, davlatni tartibsizlikka botib bo‘lmaydi, xalqni tarqatib bo‘lmaydi va sivilizatsiyani sindirib bo‘lmaydi, degan umumiy fikrga ega", deya qo‘shimcha qildi u. 

Tayvanning TVBS telekanalining xabar qilishicha, so‘nggi uchrashuv chog‘ida Si Szinpin va Ma Inszyu o‘rtasidagi qo‘l siqish 81 soniya davom etgan. Biroq, bu safar ular o‘zlarini 15 soniyalik qo‘l siqish bilan cheklashdi. Pekindagi Xalq majlislari zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Si Szinpin suhbatdoshini “janob Ma Inszyu” deb tilga olgan bo‘lsa, Tayvanning sobiq rahbari Xitoy yetakchisiga o‘zining ismi va partiya unvoni, bosh kotib nomi bilan murojaat qildi. Ularning suhbati taxminan bir soat davom etdi, shundan so‘ng orolning sobiq ma’muriyati rahbari kortejga qaytib, Xalq uyini tark etdi.

Tayvanning sobiq rahbari 1 aprelda Xitoyga borgan. Safar davomida u Guandun, Shensi va Pekin provinsiyalarida bo‘ldi. Tashrif bugun, 11 aprel kuni yakunlanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ma Inszyu 2008 yildan 2016 yilgacha Tayvanning ijrochi direktori lavozimida ishlagan. U Tayvan bo‘g‘ozidagi vaziyatni yumshatishga hissa qo‘shdi va materik Xitoy bilan iqtisodiy yaqinlashish siyosatini olib bordi. 2015 yilning 7 noyabr kuni Singapurda Si Szinpin va Ma Inszyu o‘rtasida tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi – bu Xitoy fuqarolar urushi tugaganidan keyin XXR va Tayvan yetakchilarining birinchi oliy darajadagi uchrashuvi edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
454
0
xs.uz

Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi

Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezident

08 Jun 02:27
 
30
0
xs.uz

Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan

Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin

13 Jun 00:39
 
81
0
xs.uz

Isroil hujumiga Eronning javob zarba berish rejasi tayyor — “The New York Times”

Eron Isroil tomonidan hujum sodir etilgan taqdirda yahudiy davlatiga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda javob zarbasi berish rejasini ishlab chiqqan.Bu haqda AQSHning 'The New York Times' gazetasi yuqori martabali Eron rasmiysiga tayanib xabar tarqatdi.'Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroilning ehtimoliy zarbasiga javob choralarini muhokama qilish uchun allaqachon uchrashishgan. Tehron Isroilga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda zudlik bilan qarshi hujumni oʻz

31 May 08:50
 
39
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning