calendar 12 Feb 17:12
eye 57
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi

image
Qoidalar Oʻzbekiston hududidagi barcha tabiiy suv havzalarida faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.

Qoidalar sunʼiy suv havzalari hamda tabiiy suv havzasi hisoblanmaydigan irrigatsiya tarmoqlaridagi qafas (sadok) moslamalarida intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi va akvakulturaga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tabiiy suv havzalarida quyidagi baliq ovlash qurollari va vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:

' yoyma toʻrlar (nakidka);

' ikki tomonlama mahkamlanadigan 10 tadan ortiq ilgakli vositalar (peremet);

' maxsus tamgʻalanmagan va hisobga olinmagan har qanday toʻrlar;

' changakli ovlash vositalari (astraga);

' elektr qarmoq;

' mahkamlanadigan tuzoqsimon toʻrlar (venter, mordushka) va boshqa baliq ovlashning brakonyerlik qurollari.

Baliqlarning urchish davrida, yaʼni Amudaryo va Sirdaryoda 11-martdan ' 31-maygacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida 26-apreldan 10-iyungacha va boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash taqiqlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:35
 
41
0
xs.uz

Prezidentlar Oʻzbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.Elchixonada mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon elchixona Faxriy m

15 May 13:43
 
14
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda otasining tazyiqiga uchragan qizlarga xolasi vasiy bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida onasi vafot etganidan so‘ng otasi tomonidan zulmga uchragan voyaga yetmagan opa-singilgavasiylik qilish ularning xolasiga o‘tdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi. Bildirilishicha, ishchi guruh tomonidan qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta’lim olish munosib sharoitlarini ta’minlay olishi masalasi har tomonlama o‘rganilgan.  Qarshi shahar hokimining tegishli qarori bilan Q.D. (qizlarning xolasi) qizlarga vasiy etib tay

11 May 16:51
 
23
0
qalampir.uz

Namangandagi 68 yoshli erkak yana bir 7 yashar qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda

Avvalroq Namanganda 68 yoshli erkak 7 yashar qizga uyatsiz, buzuq harakatlar qilgani haqida xabar berilgan edi. Achinarlisi, bu erkak yana bir 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Bu haqda jabrlanuvchi qizaloqning xolasi “Mushtum” jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Ayolning aytishicha, ushbu voqea 2023 yilning noyabr oyida yuz bergan. Gap shundaki, 1-sinfda o‘qiydigan qizaloqni 68 yoshli I.B. Matiz'ga mindirib, hech kim yo‘q joyga

11 Apr 14:01
 
46
0
xs.uz

Jizzax iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu muloqot Ramazon hayiti arafasida oʻtayotganiga urgʻu berib, xalqimizni ushbu ulugʻ ayyom bilan tabrikladi.Barcha hududlardagi kabi Jizzax viloyatida ham katta oʻzgarishlar boʻlayotgani qayd etildi. Soʻnggi yetti yilda viloyatga 5 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 2 ming 500 ta yangi korxona ishga tushgan. Ularda 45 mingta doimiy ish oʻrinlari yaratilgan. Tadbirkorlar soni 2 karra koʻpaygan. Qishloq xoʻjaligidan sanoatga katta sakrash boʻlgan.Lek