calendar 12 Feb 17:11
eye 73
comments 0
comments Manba: xs.uz

Andijonda elektrobuslar qatnay boshladi

image
' Shu yilning 3-11-yanvar kunlari Xitoyda boʻlib oʻtgan muzokaralarda viloyatimiz delegatsiyasi Chin yurti ishbilarmonlari bilan bir qator istiqbolli loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishishgan edi,' deydi viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Muslimbek Ibrohimov. ' Jumladan, King Long United Automotive Industry kompaniyasi bilan hamkorlikda elektrobuslar xarib qilish boʻyicha shartnoma tuzilgan boʻlib, Andijonga keltirilgan ushbu elektrobuslar mana shu kompaniya mahsulotidir. Ayni vaqtda elektrobuslarning mahalliy sharoitga mosligi va harakat xususiyatlari sinovdan oʻtkazilmoqda.



Avtobuslar 2 turdan iborat boʻlib, biri 60, ikkinchisi 90 oʻrinli. Bir martalik quvvatlash bilan 400 kilometrgacha yoʻl bosishi mumkin. Quvvatni qayta toʻldirish uchun tezkor rejimda 3 soat vaqt kifoya qiladi.

Saminjon HUSANOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:43
 
53
0
xs.uz

Toshkentda 180 dan ortiq mamlakat parlamentlari rahbarlari yigʻiladi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Parlamentlararo ittifoqning 150-yubileyi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, mazkur anjuman 2025-yilning 5-9-aprel kunlari oʻtkaziladi. Forumda 181 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirni prezident Shavkat Mirziyoyev ochib beradi.Bildirilishicha, yigʻilishning asos

04 Apr 16:19
 
56
0
xs.uz

Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli

20 Mar 12:53
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal

16 Apr 09:11
 
22
0
xs.uz

“Tamaddunlar kesishgan makon” nomli yangi hujjatli filmni suratga olish rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish, unda turli hududlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyaviy merosini kengroq yoritish maqsadida 'Tamaddunlar kesishgan makon' nomli hujjatli filmni tayyorlash ko'zda tutilmoqda.Markaz axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu loyiha doirasida Xorazm vohasi tarixi, boy madaniyati va bu hududda shakllangan sivilizatsiyaviy jarayonlar chuqur o'rganiladi. Tadqiqotlar asosida hujjatli film ssenariysi yozilib, unda qadimiy Xorazmning islomiy ilm-fan,