calendar 09 Feb 16:52
eye 77
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xovos tumani Qahramon mahallasidagi DXM filiali qayta jihozlanib, yangi rejimda ish faoliyatini boshladi

image
Ushbu mahalla 2004-yilga qadar Mehnatobod tumani tasarrufida boʻlgan, tuman tugatilgandan soʻng Xovos tumani hududiga oʻtgan. Hozirda 'Qahramon' mahallasida besh ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahallada Xovos tuman davlat xizmatlari markazi filiali faoliyat yuritadi. Tuman markazidan 35 ' 40 km. masofa olisda joylashgan mahallada filial tomonidan yon atrofdagi 'Binokor', 'Boʻston','Paxtakor', 'Husnobod', 'Yangiyer' mahallalari fuqarolariga ham xizmat koʻrsatilmoqda.

Bugunga qadar mazkur filial orqali yuqorida qayd etilgan 6 ta mahalla aholisi haftaning seshanba va juma kunlari davlat xizmatlarini olish imkoni mavjud edi. Endilikda filial dushanbadan juma kunigacha soat 9:00 dan 18:00 ga qadar doimiy ish rejimida ishlaydi. Maqsad ' aholini bir hujjatni deb ovora qilmaslik, fuqarolarga qulaylik yaratishdir.

Xovoslik fuqarolar endi oʻzlariga qulay vaqtda oʻz mahallasida koʻrsatilayotgan xizmatdan foydalanishi mumkin. Filialda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Shinam xona, internetga ulangan kompyuter toʻplami, davlat xizmatlari va ulardan foydalanish boʻyicha haqida maʼlumot beruvchi axborot burchaklari va boshqalar shular jumlasidan. Aholi ommabop boʻlgan 100 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega boʻldi.

Shu kuni filialda FHDYO boʻlimi tomonidan yosh oilaning nikohi qonuniy qayd etildi. Shuningdek, 'Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi' huquqiy aksiyasi doirasida 7 nafar xovoslik fuqaroga hujjatlar topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
62
0
xs.uz

Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi

Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega

31 May 08:49
 
3
0
xs.uz

Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi

Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani

31 May 08:49
 
4
0
xs.uz

Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin koʻtariladi

'Oʻzgidromet' agentligi 30-31-may va 1-iyun kunlari respublika hududida qanday ob-ha kuzatilishini'maʼlum qildi.Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertaga, 31-iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.Ushbu kunlarda respublika shimolida, janubida va choʻl hududl

31 May 08:49
 
3
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMarkaziy Osiyo - Italiyahtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sammitida ishtirok etadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan 'Markaziy Osiyo ' Italiya' formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko'zda tutilgan.Kun tartibiga muvofiq, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo 'yashil' iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta'lim sohalarida yanad