calendar 09 Feb 15:28
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH va Britaniya husiylarga qarshi jiddiy zarba berdi

image

AQSH va Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari Yamandagi husiylar harakati nishonlariga bir qator hujumlar uyushtirdi. Bu haqda "Al Masirah" telekanaliga asoslanib, TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qizil dengiz sohilida joylashgan Xodeyda provinsiyasidagi “Ras-Isa” porti hududiga kamida uchta aviazarba berilgan. Qurbonlar, jarohatlanganlar va vayronalar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Shuningdek, “Ansor Alloh” harakati G‘azo sektoridagi mojaro tufayli Isroil hududiga hujumlar uyushtirishi va unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi orqali o‘tishiga ruxsat bermasligini bildirgan.

AQSH rasmiylari “Ansor Alloh”ning harakatlariga javoban Qizil dengizda navigatsiya erkinligini ta’minlash va kemalarni himoya qilish maqsadida xalqaro koalitsiya tuzilgani va “Prosperity Guardian“ operatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rganini e’lon qildi. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning noyabr oyi o‘rtalaridan beri husiylar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida o‘nlab Isroilga aloqador kemalarga hujum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq husiylar Qizil dengizda Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniyaning kemalariga hujum qilgan edi.

 

Sarvar Xurramov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
28
0
xs.uz

Qaytib kelganimda, qizim meni taniy olmadi yoxud Isroil qamoqxonasidan qaytgan falastinlik jurnalist ayol hikoyasi

Gʻazodagi oʻt ochishni toʻxtatish bitimining birinchi bosqichida ozod etilgan 90 nafar falastinliklar orasida jurnalist Rula Hassanein ham boʻlgan. U Isroil qamoqxonasidagi holatlarni soʻzlab bergan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar bermoqda.Maʼlum boʻlishicha, jurnalist 2024-yilning mart oyida Isroilning Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi harbiy tajovuzlari haqida yozgan postlari uchun Isroil hukumati tomonidan hibsga olingan.'Meni hibsga olishganda 9 oylik qizim bor edi. Ular meni qizimdan

27 Jan 00:54
 
29
0
xs.uz

Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida Putin bilan muzokara oʻtkazish taklifini ilgari surmoqda. Agar Putin ushbu taklifni rad qilsa Tramp Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi 'The Wall Street Journal' nashri.Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.'Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva

31 Jan 15:22
 
27
0
xs.uz

“Qiyomat kuni” soati millari oldinga surildi

Global tahdidlar darajasini ifodalovchi 'Qiyomat kuni' soati millari 'yadroviy tun' boshlanishiga 89 soniya (23:58:31) qolganini koʻrsatmoqda. Yangilangan soat taqdimoti 28-yanvar kuni tashkilotning 'Bulletin of the Atomic Scientists' jurnali tomonidan efirga uzatildi.Amerika jurnali ushbu soat orqali 1947-yildan buyon har yili yadroviy xavfsizlik, iqlim oʻzgarishlari, texnologiyalar taraqqiyoti va biologik tahdidlar bilan bogʻliq xatarlardan ogohlantirib keladi. Soat millarini oʻzgartirish

27 Jan 00:54
 
36
0
xs.uz

Harbiy texnologiyalari eng kuchli mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi

Janubiy Koreyaning mudofaa texnologiyalarini targʻib qilish instituti 2024-yil uchun mamlakatlarning mudofaa fanlari va texnologiyalari darajasi boʻyicha tadqiqotni taqdim etdi.Unga koʻra, jahonda harbiy texnologiyalari eng taraqqiy etgan davlat AQSH boʻlgan. Ikkinchi oʻrinda Fransiya va Rossiya turibdi. Ularning harbiy innovatsiyalar darajasi Qoʻshma Shtatlar bilan solishtirganda 89 foizni tashkil etadi. AQSH harbiy sohada rivojlanish boʻyicha soʻnggi olti yilda Germaniya (3-oʻrin), Bu