calendar 26 Jul 10:19
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukrainaliklarning 32 foizi Rossiyaga yerlarni berishga rozi bo‘ldi – so‘rovnoma 

image

Ukrainada aholi orasida tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar berish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 32 foizi tinch-totuv yashash uchun o‘zlari yashab turgan yerlarni Rossiyaga berishga rozi ekanligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan 16-22 may kunlari Ukraina nazorati ostidagi hududda 1067 kishi ishtirok etgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lgan ukrainaliklarning deyarli uchdan bir qismi urushni tezda tugatish uchun Rossiyaga nisbatan ba’zi hududiy imtiyozlarni qabul qilgan. Taqqoslansa, bu 2023 yilga nisbatan uch baravar ko‘pdir, ammo Ukrianada katta ko‘pchilik hanuzgacha har qanday yerdan voz kechishga qarshi. Aniqrog‘i, ukrainaliklarning 55 foizi har qanday hududiy yon berishga qarshi.

Shuningdek, yana 13 foiz respondent Rossiya uchun og‘ir bo‘lgan talablarni ilgari surgan. Ushbu 13 foiz so‘rovnoma qatnashchisi Moskvadan o‘z qo‘shinini olib chiqib ketish, Qrimni ham qaytarish va reparatsiya to‘lashni talab qilgan.

Hududiy imtiyozlar deganda, asosan, 2022 yilda xalqaro hamjamiyat fikriga zid ravishda Rossiya tarkibiga kiritilgan Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari nazarda tutilgan.

So‘rovnoma hisobotida Rossiya Ukraina hududining qariyb 18 foizini, shu jumladan 2014 yilda bosib olgan Qrim yarimorolini ham egallab turgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urushning eng og‘ir bosqichi yil oxirigacha tugashi mumkinligini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 11:55
 
85
0
xs.uz

Argentinaliklar “Copa America” chempioni boʻlgach fransuzlarni haqorat qilib qoʻshiq kuylashdi. Holatni FIFA oʻrganmoqda (video)

Argentina 'Copa America' chempioni boʻlgach, terma jamoa futbolchilari avtobusda Fransiyaning qora tanli futbolchilariga nisbatan irqchilik kayfiyatidagi qoʻshiq kuylashdi. Unda shunday deyiladi: 'Ular Fransiyada oʻynashadi. Lekin Angoladan kelishgan. Onalari nigeriyalik. Otalari kamerunlik. Pasportidagina fransiyalik'.Fransiya futbol federatsiyasi Argentina terma jamoasi ustidan FIFAga shikoyat joʻnatdi. Federatsiya prezidenti Filipp Diallo ushbu holatni keskin qoralab, jahon futboli mutasa

24 Aug 17:27
 
13
0
xs.uz

AQShda yuz bergan YTHda oʻzbekistonlik 16 yoshli yigit halok boʻldi

AQSHda asli oʻzbekistonlik boʻlgan 16 yoshli yigit avtohalokat qurboni boʻldi. Mahalliy nashrlar xabariga koʻra, joriy yilning 19-avgust kuni Bruklinda yashovchi Umidjon Joʻrayev ismli oʻsmir doʻstlari bilan skuterda yuk mashinasiga toʻqnashib ketgan.Avariya oqibatida Umidjon vafot etgan, doʻstlaridan biri turli jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan. Manbaga koʻra, marhum oilada yolgʻiz farzand boʻlib, onasi bilan birga yashagan.Kuzatuv kameralariga koʻra, dushanba kuni sodir boʻlga

15 Jul 15:32
 
103
0
qalampir.uz

Rossiya va Xitoy kemalari qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi

Xitoyning Chjanszyan portida “Dengiz hamkorligi-2024” rus-xitoy o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya dengiz kuchlarining Tinch okeani floti matbuot xizmati xabar berdi. Rossiya va Xitoy kemalarining qo‘shma otryadi Chjanszyandan jo‘nab ketdi. Uning tarkibiga Rossiyaning “Gromkiy” va “Rezkiy” korvetlari hamda Xitoyning “Dali” va “Xenshuy” fregatlari, “Yinchuan” esminetsi ham

16 Jul 18:11
 
102
0
xs.uz

Finlyandiya Rossiya bilan chegarada devor qurmoqda. U 2026-yilda yakunlanadi

Finlyandiya hukumati tomonidan Finlyandiya va Rossiya oʻrtasidagi chegarada devor qurilishi reja boʻyicha amalga oshirilmoqda, deya xabar berdi 'Yle' jamoat teleradiokompaniyasi.'Sharqiy chegara devori qurilishi reja asosida amalga oshirilmoqda. Qurilish avgust oyining oxirida Janubiy Kareliya muzofoti Nuyyamaa aholi punktida boshlanadi va 70 kilometrni tashkil etadi', deyiladi manbada.Devorning qurilishi avval sinov panjaralarini qurish bilan boshlangan edi. Loyihaning tajriba bosqichi doiras