calendar 09 Feb 12:05
eye 47
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mikroqarz berishning maksimal summasi 100 mln soʻmgacha oshirilmoqda

image
Senatning elliginchi yalpi majlisida 'Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida'gi Qonun koʻrib chiqildi.

Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga va 'Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida'gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.



Fuqarolik kodeksiga kiritilayotgan qoʻshimchalarga asosan aholi va tadbirkorlarga ajratilgan mikroqarz yoki kredit boʻyicha amalga oshirilgan toʻlov summasi, agar qarz oluvchining majburiyatlarini bajarish uchun yetarli boʻlmasa, qarz oluvchining qarzi belgilangan tartibda undiriladi.

Eng avvalo, asosiy qarz boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik va muddati oʻtgan foiz toʻlovlari mutanosib ravishda uziladi. Soʻngra joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz boʻyicha qarzdorlik soʻndiriladi. Uchinchi navbatda neustoyka (jarima, penya)lar va keyingi navbatda kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlari undiriladi.



Shu bilan birga, Fuqarolik kodeksiga kredit boʻyicha qarzdorlikni va hisoblangan foizlarni undirish haqida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda mazkur kredit boʻyicha foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatilishiga oid oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilmoqda.

Bundan tashqari, 'Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida'gi Qonunga ham oʻzgartirish kiritilayotgan boʻlib, unga koʻra jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga ajratiladigan mikroqarz miqdori 50 million soʻmdan 100 million soʻmga oshirilmoqda.



Senatorlarning taʼkidlashicha, Qonun aholi va tadbirkorlarga mikroqarz yoki kredit olib foydalanish jarayonlarini kengaytirishga, ular tomonidan kreditlarni qaytarish qobiliyati yaxshilanishiga zamin yaratadi. Shuningdek, aholini va tadbirkorlarning moliyaviy mablagʻlar hamda xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish bilan birga ularning ishchanlik faolligini oshirishga va ushbu yoʻnalishdagi mavjud muammolarni hal etishga xizmat qiladi.

Qizgʻin muhokamalardan soʻng senatorlar ushbu Qonunning dolzarbligi va zarurligini eʼtiborga olib, uni maʼqulladilar.



Foto: Abdumutalib Toyirov '/ 'Xalq soʻzi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 21:43
 
52
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazining 2024 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi 40 million so‘m etib belgilandi. Kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 million so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan birini (2,5 foizini) zakot niyatida haqdorlarga beradi. Fitr sadaqasining miqdo

09 Mar 00:16
 
49
0
xs.uz

Statistika agentligi taʼlim yoʻnalishida bitiruvchi xotin-qizlar sonining sohalar boʻyicha tahlilini eʼlon qildi

Bitiruvchi xotin-qizlar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:' taʼlim ' 2 359 nafar;' sanʼat va gumanitar fanlar ' 1 768 nafar;' tabiiy fanlar, matematika va statistika ' 885 nafar;' muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari ' 731 nafar;' biznes, boshqaruv va huquq ' 620 nafar;' ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot ' 543 nafar;' sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot ' 392 nafar;' qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya ' 265 nafar;' xizmatlar ' 179 nafar;' axborot-k

11 Apr 13:59
 
55
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda ilk bor mudofaa sanoatiga oid “Texnofest-2024” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Mudofaa vazirligi tomonidan joriy yilning 2, 3 va 4 may kunlari Toshket shahrida joylashgan “G‘alaba bog‘i” majmuasida ilk bor mudofaa sanoatiga oid “Texnofest-2024” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Ko‘rgazmada zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya va kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi zavod, korxona va tashkilotlar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishi ko‘

07 Mar 20:13
 
55
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi

8-mart ' Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda moʻtabar ayol zotiga ulkan ehtirom koʻrsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish, shuningdek, oʻzining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlida tashabbus va ibrat koʻrsat