Davra suhbatida mazkur Farmon bilan Oʻzbekiston mahalliy boshqaruvi tarixida birinchi marotaba mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yangi model ' 'Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim' tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan qator qoidalar belgilanib, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda hududlarda istiqomat qilayotgan aholining fikrini inobatga olish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida taʼlim, atrof-muhitni muhofaza qilish, shaharsozlik, transport va hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 33 ta vakolat Kengashlar ixtiyoriga oʻtkazilayotganligi batafsil tushuntirildi.
' Endilikda yillar davomida mahalliy Kengashlar zimmasiga yuklanib kelingan qator vakolat va funksiyalar tizimlashtirilib, mahalliy Kengashlarning ish yuklamasining sunʼiy ravishda oshishi holatlariga barham beriladi, ' deydi Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Jamoliddin Hamroyev. ' Natijada mahalliy Kengashlar faoliyatining ish samaradorligi oshishi, hududdagi davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyati ortib, vakillik organlarining chinakam 'xalq ovozi'ga aylanishi taʼminlanadi.
Davra suhbatida Kengashlar oʻz faoliyatini davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshirishi kafolatlanishi taʼkidlanib, mazkur islohotlar shubhasiz, saylovchilar va tegishli hudud manfaatini koʻzlagan holda amalga oshirishiga asos boʻlishi eʼtirof etildi.
Temur ESHBOYEV, 'Xalq soʻzi'.
Toshkent viloyatida koʻprikning bir qismi qulab tushdi
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Yangiyoʻl tumanida shikastlangan koʻprik yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, bugun, 8-mart kuni Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani hududidan oʻtgan D 022 'Nurafshon sh. ' Oqqoʻrgʻon sh. ' Yangiyoʻl sh.' avtomobil yoʻlining 58 kilometrida joylashgan koʻprikning bir qismi shikastlangan.'Hozirda koʻprik tegishli tashkilotlar va Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan nazoratga oli
Toshkent — Frankfurt — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 10-martdagi aviareyslar bekor qilindi — Uzbekistan Airways
'Yo'lovchilarga Germaniyaga/Germaniyadan aviakompaniyaning keyingi muqobil reyslariga qayta bron qilish yoki mablag'ni qaytarish imkoniyati taklif etiladi. Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz va tushunishingizga umid qilamiz' deyiladi rasmiy munosabatda.
Oʻzbekistonda xayriya mablagʻlari yigʻishning aniq tartibi belgilanmoqda
25-fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekistonda homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirish'toʻgʻrisidagi qonun loyihasi'Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.Qonun loyihasiga koʻra, endilikda jismoniy shaxslar faqat oʻzi yoki yaqin qarindoshi uchun xayriya yigʻishi mumkin boʻladi. Koʻngillilar esa oʻziga begona boʻlgan shaxslar manfaati uchun xayriya yigʻishda faqat eʼlon berish orqali k
Hazrati Usmon Qur’onining 120-yil avvalgi faksimile nusxalari o‘rganilmoqda
Muzey vakili xorijiy hamkor sifatida Markaz xodimlari bilan yaqindan faoliyat olib bormoqda. Mehmon markaz xodimlari bilan O'zbekistonda saqlanayotgan Hazrati Usmon mus'hafi tarixi bilan bog'liq manbalarni, shuningdek, mazkur qo'lyozmaning 1905-yilda Rossiyada chop etilgan 50 ta faksimile nusxasining tarqalish geografiyasini o'rganmoqda.'O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi misli ko'rilmagan loyiha bo'ldi, deb o