calendar 08 Feb 17:50
eye 80
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Abror Muxtor Aliy nega qamalgani ochiqlandi

image

Avvalroq, bloger Abror Muxtor Aliy 15 sutkaga qamalgani haqida xabar bergandik. Unga nisbatan nega ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgani ochiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 fevral kuni Abror Muxtor Aliy Shayxontohur tumani hokimligiga o‘z ishi bilan borgan va shu yerda boshqa bir fuqaro X.N. bilan jahl ustida baqir-chaqir qilib, janjal ko‘targan. So‘ng ichki ishlar organlari xodimlari vaziyatga aralashgan, biroq ular militsiyaning qonuniy talabini bajarmasdan, ommani o‘ziga jalb qilib, IIO xodimlariga nisbatan soxta uydirmalarni tarqatgan.

O‘sha kunning o‘zida bo‘lib o‘tgan sud majlisida ikkala sudlanuvchi ham aybiga iqror ekanini bildirgan. 

Sud qaroriga ko‘ra, ularning har ikkalasiga 340 ming so‘m miqdoridagi jarima va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shuningdek, sud ularning oilaviy sharoitini inobatga olib, sudlanuvchilarni qamoqda saqlash bilan bog‘liq xarajatlardan ozod qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning fevral oyida Toshkent shahri, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy sudi Abror Muxtor Aliyga nisbatan jurnalist Nikita Makarenkoning bergan arizasini ko‘rib chiqib, diniy blogerga BHMning 20 baravari (6 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 15:16
 
67
0
qalampir.uz

Nukusda oliygoh direktori o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan direktor o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.   Qayd etilishicha, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.Ye. fuqaro S.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialiga o‘qishga k

26 Jul 10:20
 
35
0
qalampir.uz

Polshada 2 o‘smirni pichoqlagan o‘zbekistonlik aslida jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi

Avvalroq, Polshada o‘zbekistonlik erkak 15 yoshli ikki o‘smirga pichoq bilan hujum qilgani xabar qilingandi. Biroq u mazkur holatda jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi. Bu haqda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xabar berdi.  “Xorijiy OAV vositalarida O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq jinoyat yuzasidan tarqalgan ma’lumotlarga oydinlik kiritish hamda hamyurtimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Varshava huquq-targ‘ibot idoralari bilan muloqot olib bor

15 Jul 12:03
 
127
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistonda katta miqdordagi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻrtkoʻl tumanida olib borilgan tadbirlarda 'Qaratau' nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar bergan.Maʼlum boʻlishicha, IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Anhorli' mahallasida yashovchi A.D. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil qilib, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan.Ushbu

10 Jul 18:44
 
70
0
qalampir.uz

Samarqandda tanishining boshiga bolta bilan urgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatida erkak tanishining boshiga bolta bilan urdi. Bu haqda  viloyat Ichki ishlar boshqarmasi  matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning 8 iyul kuni Ishtixon tumani “Dehqonobod” MFYda yashovchi S.Sh. og‘ir tan jarohati bilan tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Aniqlanishicha, S.Sh. tanishi Q.R. bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashib qolgan. Oqibatda Q.R. boshqaruvidagi Tico rusumli avtomashinasi