calendar 08 Feb 13:34
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Lukashenko O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixini ifodalovchi majmua bilan tanishdi

image

Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 8 fevral kuni mamlakat Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.

Lukashenko majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishgan.

“Vatanimizning 3 ming yillik tarixida yuz bergan eng muhim voqealarni o‘zida ifoda etgan ushbu majmua Belarus delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi”, deydi Bosh vazir matbuot kotibi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan mehmonlarning Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.

“Pul Pervogo” kanalining yozishicha, Lukashenkoning “Yangi O‘zbekiston” bog‘idan keyingi manzili Ko‘ksaroy bo‘lgan. U yerda rasmiy kutib olish marosimi va ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 fevral kuni Lukashenko O‘zbekistonga kelgan, uni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov kutib olgandi. Shundan so‘ng Prezident Mirziyoyev Lukashenko bilan birga xokkey o‘yinini tomosha qilishga “Humo Arena” muz saroyiga bordi. U yerda oliy martabali mehmonlarga ularning ismlari tushirilgan xokkey kiyimi topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:28
 
17
0
xs.uz

Elektron tijorat sohasida kuryerlik faoliyatining aniq tartibi belgilandi

Nizomda elektron tijorat sohasida kuryerlik xizmatini amalga oshirishning huquqiy va amaliy tartiblari belgilab berilgan. Jumladan, kuryer ' tadbirkorlik subyektlari yoki yetkazib berish xizmatlari operatorlari bilan mehnat shartnomasi va yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs sifatida eʼtirof etiladi. Shuningdek, kuryer sifatida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham faoliyat yuritishi mumkin.Nizomga koʻra, shartnomada belgilangan hollarda, yet

01 Jul 04:28
 
17
0
xs.uz

Energiya va suv resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda mamlakatimizda energetika sohasini modernizatsiya qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda hisob-kitob tizimini shaffoflashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, sohada yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklarga qarshi samarali kurashish, javobgarlikni kuchaytirish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biriga aylangan.Huquqni

01 Jul 04:28
 
17
0
xs.uz

Qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldi olinadi

Qonun (OʻRQ'1072-son, 26.06.2025-y.) bilan 'Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida'gi Qonunga qoʻshimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' kanalida'xabar berildi.Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin ular hibsxonaning oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.Majburiy tibbiy koʻrik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan eʼtiboran 2 soat ichida oʻtkaziladi

01 Jul 04:28
 
17
0
xs.uz

“Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida ish boshlagani aytildi

'Garvardchilar' maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar oʻquvchi saralab olinadi va 3 ta yoʻnalishda oʻqitiladi. Kelgusida oʻquv oʻrinlari karrasiga koʻpaytiriladi.Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming oʻquvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoni