calendar 08 Feb 11:03
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Japarov inson huquqlari reytingi ig‘vogarlar qo‘lida qolganini iddao qildi 

image

Bugun, 7 fevral kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida Qirg‘izistonning inson huquqlari va so‘z erkinligi bo‘yicha jahon reytingidagi o‘rni haqida fikr bildirdi. 

"Bu dunyo reytingini kim tuzadi? Aynan so‘z erkinligi ortida yashiringan ig‘vogarlar", degan u. 

Shuningdek, Qirg‘iziston rahbari mamlakatda hamisha so‘z erkinligi va inson huquqlari mavjud bo‘lgani, bundan keyin ham bo‘lishini aytgan va mobodo hukumat so‘z erkinligiga qarshi nohaq qadamlar qo‘ysa, xalq allaqachon isyon ko‘tarishini ta’kidlagan. 

“Qirg‘izistonda so‘z erkinligini cheklab bo‘lmaydi. Xalq bunga yo‘l qo‘ymaydi. Qadim zamonlardan beri odamlar so‘z erkinligi bilan yashab kelgan va shunday yashashda davom etadi. So‘z erkinligi yo‘q, deganlar, yoqimli iborani ishlatib, o‘zlari xohlagan ishni qiladi. So‘z erkinligi niqobi ostida respublikani ag‘darishni rejalashtirgan “soxta vatanparvarlar”. Mamlakatda isyon ko‘tarmoqchi bo‘lgan bunday yomon niyatli kimsalarning maqsadiga yetishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Ular  mentalitetimiz, urf-odatlarimiz va tabiatimizga to‘g‘ri kelmaydigan targ‘ibot-tashviqotlar olib borib, xalqni buzmoqdalar. Ayrimlar yolg‘on ma’lumot tarqatib, birovning sha’ni va qadr-qimmatini buzib qo‘yayotgan holatlar ham uchrab turibdi”, degan u. 

Japarov agar Qirg‘iziston ularning shartlarini, milliylikka yot bo‘lgan siyosatini qabul qilib, uni rivojlantirganida, mamlakat inson huquqlari va so‘z erkinligi reytingida yetakchi deb topilishini kinoya qildi. 

“Vaqt o‘tishi bilan davlat va xalqni ma’naviy jihatdan tanazzulga yetaklaydigan bunday birinchi o‘rin bizga kerak emas”, deya qo‘shimcha qilgan qo‘shni davlat rahbari. 

Bundan tashqari, Qirg‘izistonda demokratiya darajasi boshqa davlatlarga qaraganda yuqori ekanligi qayd etilgan. 

“Demokratiyaga kelsak. Bizda haqiqiy erkinlik bor, lekin bizni tanqid qiladigan davlatlar istagidek emas. Bizda demokratiya darajasi ularnikidan ancha yuqori. Biroq, ayrim fuqarolarimiz bu tushunchadan noto‘g‘ri foydalanmoqda”, degan Qirg‘izistonning 6-rahbari. 

Esatib o‘tamiz, Qirg‘iziston hukumati joriy yilning 16 yanvar kuni to‘rtta mustaqil nashrning 11 jurnalistini hibsga olgan edi.  

Qayd etilishicha hibsga olingan jurnalistlarning barchasiga ikki oy – 13 martgacha qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 May 14:46
 
19
0
qalampir.uz

Rossiya Xarkovga hujumlarini kuchaytirdi

Rossiya harbiylarining Xarkov viloyati chegarasiga hujumi kecha, 10 may kuni ertalab soat beshda boshlandi va hozirgacha davom etmoqda. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Bildirilishicha, chegara zirhli texnikalar ko‘magida buzib o‘tilgan, turli intensivlikdagi janglar davom etmoqda. Kunduzi Ukraina Qurolli Kuchlari pozitsiyalariga havo zarbalari berilgan, kechasi esa Ukraina Qurolli Kuchlari mudofaasining oldingi chizig‘iga artilleriya hujumlari boshlangan. Ukraina tomo

10 May 13:30
 
23
0
qalampir.uz

Peskov Zelenskiyga suiqasd uyushtirish haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi

Kreml voizi Dmitriy Peskov Ukraina Xavfsizlik xizmatining Prezident Vladimir Zelenskiyga suiqasdni oldini olgani haqidagi xabari haqida gapirar ekan, bu ma’lumotlarini haqiqat deb qabul qilish qiyinligini aytdi. Bu haqda u bugun, 8 may kuni mahalliy matbuotga bergan izohida so‘z ochdi. “Men umuman izoh berolmayman. Umuman olganda, siz tushunganingizdek, SBUdan kelayotgan ma’lumotni haqiqat deb qabul qilish qiyin, shuning uchun men hech narsa deya olmayman ", deydi u. E

11 Apr 20:33
 
69
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatidagi energetika ob’ektlariga zarba berdi

Bugun, 11 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov, Zaporoje, Lvov va Kiyev viloyatlaridagi energetika infratuzilmasiga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Energetika vaziri German Galushenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Kravchenkoning aytishicha, Rossiyaning 40 dan ortiq raketa va 40 ta droni uchirilishi oqibatida Kiyev viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ektida yong‘in sodir bo‘lgan. Ene

11 Apr 14:01
 
37
0
xs.uz

Telegramda shaxsni tekshirish uchun noodatiy funksiya joriy etiladi

Telegram foydalanuvchilari kaftini oddiy skanerlash orqali oʻz shaxsini tasdiqlashi mumkin boʻladi.Ushbu tashabbusning bir qismi sifatida 'TON Sociyety' dasturda ishtirok etishni istagan foydalanuvchilar uchun mukofot sifatida 1 mln. 'Toncoin' (taxminan 6,5 mln. AQSH dollar) taqdim etadi.Loyihaning maqsadi ' kelgusi 5-yil ichida 500 mln. Telegram foydalanuvchisini xavfsiz raqamli identifikator bilan taʼminlash. Ushbu texnologiya 'airdrops' yoki tranzaksiya tahlili kabi identifikatsiyani teksh