Maʼlumki, 2022-yil 27 ' 29-iyun kunlari Boku shahrida boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar turizm vazirlarining XI sessiyasida Xiva shahri 2024-yilda 'Islom dunyosining turizm poytaxti' deb eʼlon qilingan edi.
Ayni kunlarda Prezidentimizning 'Xiva ' 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti' xalqaro tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha viloyat miqyosida, jumladan, 'Ichan qalʼa' davlat muzey-qoʻriqxonasida ham qizgʻin taraddud koʻrilmoqda.
' Mazkur anjuman doirasida Xivada xalqaro tadbirning tantanali ochilishi, IHTga aʼzo davlatlar turizm vazirlarining navbatdagi sessiyasi oʻtkazilishi, chet ellik mehmonlar, ekspertlar ishtirokida muhim mavzularda anjumanlar, 'Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi', Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan 'Strongmen' xalqaro bahodirlar oʻyini musobaqasi, madaniy va gastronomik festivallar oʻtkazilishi rejalashtirilgan, ' deydi 'Ichan qalʼa' davlat muzey-qoʻriqxonasi rahbari Azamat Qurbonov. ' Ayni kunlarda xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda, muzeylarda yangi ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil qilish ishlari ham rejali davom etyapti.
Qolaversa, sayyohlik targʻiboti yoʻnalishida oʻzbek, rus, ingliz, arab, fransuz va boshqa xorijiy tillarda bukletlar, yoʻlkoʻrsatkich qoʻllanmalari tayyorlash, nogironlar, turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha ham zarur choralar koʻrilmoqda.
Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Ispaniya, Xitoy hamda boshqa chet davlatlardagi muzeylar va muzey-qoʻriqxonalar bilan hamkorlik aloqalari asosida muzeyshunoslik hamda sayyohlarga namunali xizmat koʻrsatish sohasida ilgʻor tajriba hamda texnologiyalar amaliyotga joriy etilayotir. Muzey-qoʻriqxonada masʼul mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyati uchun zarur texnik vositalar bilan taʼminlangan shtab tashkil qilindi.
Har jihatdan puxta taraddud koʻrilayotgan nufuzli tadbirlar serquyosh va bagʻrikeng Oʻzbekistonning, shu jumladan, Xiva shahrining turistik salohiyatini xalqaro maydonda yanada faol targʻib qilish hamda pirovardida, sayyohlar sonini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Otabek ISMOILOV, jurnalist.
“Oʻzbekneftgaz”ga nisbatan ish qoʻzgʻatildi
Maʼlum qilinishicha, Raqobat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan, Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan davlat xaridlarida 'Raqobat toʻgʻrisida'gi hamda 'Davlat xaridlari toʻgʻrisida'gi qonunlariga rioya etilishi yuzasidan elektron maxsus axborot portallaridagi maʼlumotlardan foydalangan holda doimiy monitoring oʻtkazilmoqda.Olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, 'Oʻzbekneftgaz' AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali oʻtkazilgan 2 ta jami 4,8 milliard s
Issiqlik korxonasi hisoblagan 4 mlrd soʻm asossiz qarzdorlik bekor qilindi
Maʼlum qilinishicha, Qoʻmitaning Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasiga tushgan murojaatlar asosida Fargʻona viloyati 'Issiqlik manbai' ishlab chiqarish davlat boshqarmasi bilan hamkorlikda maishiy isteʼmolchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hamda koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilgan.Oʻrganishlar natijasida isitish mavsumi davomida koʻp qavatli uylarga issiqlik taʼminotini yetkazib beruvchi markaziy tarmoqlarning isitish qozonxonalarida avariya h
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni 551 mingdan oshdi (+infografika)
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni kundan kunga oshib bormoqda. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali xabar berdi.Qayd etilishicha, 2024-yil 1-oktyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 551 ming 154 nafarga yetgan.Taʼkidlash joizki, ushbu raqamlar 2024-yilning dastlabki 9 oyida 65 ming 370 taga koʻpaygan.Yuridik shaxslar faoliyat turlari boʻyicha savdo eng yuqori koʻrsatgichga ega boʻlib, yuridik shaxslarning soni ushbu sektorda 144,1 mingtani tash
Oʻzbekistonda bankdan kredit olgan fuqarolar xorijga chiqishiga cheklov qoʻyilganmi?
Oʻzbekistonda bankdan kredit olgan fuqarolar xorijga chiqishiga cheklov qoʻyilganmi? Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori Akmal Nazarov bu haqda maʼlumot berdi.Uning bildirishicha, qoidaga koʻra, bank va fuqaro oʻrtasidagi munosabatlarning barchasi fuqarolik huquqiy shartnoma hisoblangan kredit shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bank bilan fuqaro oʻrtasidagi shartnomada fuqaroning xorijiy davlatga chiqishiga cheklov oʻrnatadigan