calendar 07 Feb 19:42
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putin amerikalik jurnalistga intervyu berdi. Peskov buning sababini aytdi 

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga intervyu berdi. Buni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov tasdiqladi.

“Ha, buni tasdiqlayman. Intervyu e’lon qilinsa, albatta undan o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz", degan Kreml voizi.

Shuningdek, Peskov Putin nima uchun Karlsonga intervyu berishga qaror qilganini tushuntirdi.

"U boshqalardan farq qiladigan pozitsiyaga ega. Bu pozitsiya hech qanday tarzda rossiyaparastlik emas, u ko‘proq amerikaparast, lekin hech bo‘lmaganda an’anaviy anglo-sakson ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasiga ziddir”, deya tushuntirgan Kreml vakili.

Shuningdek, Prezident matbuot kotibidan Karlsonning so‘nggi paytlarda birorta ham g‘arblik jurnalist Putindan intervyu olishga urinmagani haqidagi gaplariga izoh berish va so‘nggi ikki yil ichida Kremlga Rossiya rahbari bilan uchrashish bo‘yicha G‘arb OAVlaridan birorta ham so‘rov olmagani haqida so‘ralgan.

“Yo‘q, janob Karlson aslida buni bilmaydi. Bizga Prezident bilan intervyu olish uchun ko‘plab so‘rovlar keladi, lekin gap asosan G‘arb mamlakatlarining yirik onlayn ommaviy axborot vositalari haqida bormoqda: an’anaviy telekanallar, yirik gazetalar – ular esa sodir bo‘layotgan voqealarni xolis yoritishni istamaydi”, degan Peskov.

Prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, ularning barchasi biryoqlama pozitsiyani egallagan ommaviy axborot vositalaridir.

"Albatta, bunday ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o‘rnatish istagi yo‘q va bundan hech qanday ma’no yo‘q, bundan qandaydir foyda bo‘lishi dargumon", deya qo‘shimcha qildi Peskov.

Shuningdek, Kreml vakili bir qator internet-resurslarda paydo bo‘lgan Putinning Karlson bilan suhbati “stenogrammasi” soxta ekanini aytdi.

"Gap mutlaq soxta narsa haqida ketayotgani aniq. Ular juda ko‘p bo‘lgan, bor va bo‘ladi ham, ularga tegishlicha munosabatda bo‘lish kerak", deydi Peskov.

Kreml Karlsonning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan ham intervyu olish niyatiga qanday munosabatda ekanligi haqidagi savolga Rossiya Prezidentining matbuot kotibi amerikalik jurnalistning niyatlari haqida gapira olmasligini esladi. 

"Bu allaqachon Kiyevga tegishli masala, ular juda ko‘p intervyu berishadi", deya qo‘shimcha qildi Peskov.

“The Wall Street Journal” nashrining yozishicha, Karlson intervyuni ertaga, 8 fevral kuni e’lon qiladi. U jurnalistning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida va uning rasmiy veb-saytida paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 fevral kuni ertalab Karlson Putindan intervyu olish uchun Moskvaga borgani va keyinchalik Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan ham intervyu olishini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 12:24
 
69
0
qalampir.uz

Tramp Netanyaxu bilan uchrashdi

Kecha, 26 iyul kuni AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan qariyb to‘rt yil ichida birinchi marta yuzma-yuz uchrashdi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.  Ikki siyosatchi Netanyaxu Jo Baydenni 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani bilan tabriklaganida buzilgan muhim siyosiy ittifoqni qayta tiklashga harakat qildi. Tramp Palm-Bichdagi (Florida shtati) Mar-a-Lago qarorgohi zinapoyasida turib, AQSHga bir haftalik tashrif

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi. Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan u

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli qurilish kompaniyasi rahbari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasining 46 yoshli bosh direktori Andrey Belkov Moskvada qo‘lga olindi. U davlat mudofaa topshiriqlarini bajarishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi). Bu haqda 24 iyul kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” gazetasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda o‘sha paytda maxsus ob’ektlar uchun Har

23 Jul 10:13
 
62
0
qalampir.uz

Zelenskiy prezidentlikni qachon tark etishini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan kechayotgan urush o‘z nihoyasiga yetgach lavozimini tark etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u BBC'ga bergan intervyusida so‘z ochdi. Jurnalist undan Zelenskiy endi prezident bo‘lib qolishi mumkinmi, deb so‘radi. U esa, “Biz hammamiz insonmiz”, deya javob qaytardi. Prezident hokimiyatni boshqa birovga topshirishi mumkinligini tan oldi, lekin kim davlat rahbari bo‘lishi faqat Rossiya bilan urushdan keyin aniq bo‘li